Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Til ta’limi va konsalting markazi

Noraliyev U Noraliyev Ulugbek Saydiganiyevich
Lavozimi: Markaz direktori
Qabul vaqtlari: Dushanba, chorshanba, juma (10:00-12:00)
Tel.: +99899 888-98-09
E-mail:  ulugbek_noraliyev@tsuos.uz

TIL TA’LIMI VA KONSALTING MARKAZI

Til o‘rganish kurslari

Til ta’limi va konsalting markazi xorijiy sharq (arab, fors, turk, xitoy, koreys, yapon) va g‘arb (ingliz, nemis, fransuz) tillari kurslariga barcha xoxlovchilarni taklif qiladi.

Ta’lim davomiyligi tinglovchilarning tayyorgarlik darajasi va tilning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 3 oydan 20 oygacha davom etadi. Mashg‘ulotlar kichik guruhlarda tinglovchilarga qulay vaqtda tashkil qilinadi.

Ikki yillik (20 oy) kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga tarjimonlik xuquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Markaz 30 yillik ish tajribasiga ega bo‘lib, bu yerda yuqori malakali mutaxassislar faoliyat olib boradi. Tinglovchilar uchun o‘quv qo‘llanmalar video va audio manbalar, lug‘atlar uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Mavjud o‘quv dasturlarning barchasi TDSHUning o‘quv–uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Tayyorlov kurslari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yilning 27-fevralidagi “Oliy ta’lim muassalarida tashkil etilgan tayyorlov kurslari faoliyatini takomillashtirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi 196-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Til ta’limi va konsalting markazi qoshida 2018-yil 1-martdan Oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi tayyorlov kurslarida umumta’lim fanlaridan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Darslar kichik guruxlarda tasdiqlangan jadval asosida haftada 3 marta 1,5 soatdan tinglovchilar uchun qulay vaqtda olib boriladi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 16-apreldagi PQ-4680-son qarorida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida sharq tillari o‘qitiladigan ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun doimiy faoliyat yurituvchi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish vazifasi berilgan. Hozirgi kunda ushbu qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari Til ta’limi va konsalting markazi negizida faoliyat yuritmoqda.

Kurslar quyidagi ta‘lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahkil etilgan:

Filologiya va tillarni o‘qitish: arab, fors, turk, koreys, xitoy, yapon va Janubiy Osiyo tillari hamda Adabiyotshunoslik (sharq tillari).

Batafsil:

+998977321006;

+998998889809;

Bizning manzil: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 3-binosi, Amir Temur ko’chasi, 26-uy;

Mo’ljal: Mirobod tumani hokimiyati;

Transport: 2, 80, 46, 14, 78, 37, 55;

Metroning “Toshkent” bekati.

 

Noraliyev U qr

 

 

 

 

 

24.02.2022, 21:59 9475