{"id":12422,"date":"2020-04-23T12:28:11","date_gmt":"2020-04-23T07:28:11","guid":{"rendered":"http:\/\/tashgiv.uz\/?p=12422"},"modified":"2026-10-16T10:41:32","modified_gmt":"2026-10-16T05:41:32","slug":"pandemiyaga-qarshi-kurash-sharoitida-xalqaro-hamkorlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/pandemiyaga-qarshi-kurash-sharoitida-xalqaro-hamkorlik\/","title":{"rendered":"International cooperation in the fight against pandemics. \u00a0"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\">Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida \u201cPandemiyaga qarshi kurash sharoitida xalqaro hamkorlik: O\u2018zbekiston va xalqaro tajriba\u201d mavzusida xalqaro onlayn davra suhbati o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cZoom\u201d platformasida onlayn formatda tashkil etilgan ushbu ilmiy-amaliy anjumanda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, shuningdek, respublikamizning turli oliy ta&#8217;lim muassasalari professor-o\u2018qituvchilari, tadqiqotchilari, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirok etdi.<br \/>\nJami 7 ta davlatni namoyish etgan 92 nafar vakillar qatnashgan ushbu tadbirda siyosiy fanlar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi o\u2018zbekistonlik sharqshunos olimlar bilan birga, Rossiya, AQSh, Germaniya, Qozog\u2018iston, Sloveniya, Misr kabi davlatlarning xalqaro munosabatlar bo\u2018yicha yetakchi ekspertlari o\u2018z fikr-mulohazalari bilan o\u2018rtoqlashdi. Jumladan, ulardan Rossiya Federatsiyasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimlari S.Pritchin, A.Vorob&#8217;ev, N.Mendikovich, Oltoy davlat universiteti professori, t.f.d. V.Boyko, AQShning J.Marshal nomidagi Xavfsizlik masalalarini o\u2018rganish Yevropa markazi professorlari G.Glizin, Pol&#8217; Dunay, Milliy mudofaa universiteti professori B.Todd hamda Tennesi universiteti professori A.Korobkov, Sloveniyaning \u00abMintaqaviy muloqot\u00bb xalqaro markazi direktori M&#8217;yusha Sever, Lyublyana Tibbiyot universiteti professori va Sloveniyaning koronavirusga qarshi kurash kengashi eksperti B.Beovich, Al-Farobiy nomidagi Qozog\u2018iston Milliy universiteti dosenti J.Bayzakova, Germaniya-Qozog\u2018iston universiteti professori Sebastian Meyer, Misrning \u00abAl-Hivor\u00bb siyosiy tadqiqotlar markazi direktori Axmad Tohir o\u2018zlarining ma&#8217;ruzalari bilan ishtirok etishdi.<br \/>\nTadbir boshida TDShU rektori G.Sh.Rixsieva xorijiy ekspertlarning tadbirda ishtirok etganiga minnatdorchilik bildirib, ushbu davra suhbati pandemiyaga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning amalga oshirilishi shart-sharoitlari va istiqbollari, shuningdek, hozirgi kunda O\u2018zbekiston tomonidan koronavirus infeksiyasining yanada keng tarqalishi va uning salbiy oqibatlarini oldini olish maqsadida davlat miqyosida ko\u2018rilayotgan chora-tadbirlar borasida atroflicha fikr almashishga qulay imkoniyat yaratayotganini ta&#8217;kidladi. Karantin davrida oliy ta&#8217;lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida professor-o\u2018qituvchilar, yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida zikr etib, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub&#8217;ektlarini qo\u2018llab-quvvatlash hamda ularning barqarorligini ta&#8217;minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini sharhlab berdi.<br \/>\nShu bilan birga, pandemiya xalqaro hamkorlik mustahkamligining o\u2018ziga xos sinovi bo\u2018lganini zikr etib, bu avvalo, nafaqat epidemiologik va tashkiliy masalalardagi tajribasi bilan almashishga, balki o\u2018zaro moliyaviy, iqtisodiy va oziq-ovqat mahsulotlari bilan o\u2018zaro ko\u2018mak berishga tayyorligida ham yaqqol namoyon bo\u2018lganligini takidladi. Shu nuqtai nazardan O\u2018zbekistonda hech qaysi bir davlat koronavirusni faqatgina o\u2018z davlatida tugatishi orqali mamlakat xavfsizligini, xususan, inson xavfsizligini to\u2018liq ta&#8217;minlab bo\u2018lmasligini to\u2018g\u2018ri tushunishayotganligini ma&#8217;lum qildi. Binobarin, xalqaro tashkilotlar ham O\u2018zbekistonga kerakli ko\u2018mak berishga tayyor ekanligini zikr etib, 2020 yilda Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi kabi xalqaro va xorijiy moliya institutlari tomonidan yo\u2018naltirilgan 2,7 milliard dollarni o\u2018zlashtirish rejalashtirilgani, moliya institutlari pandemiya bilan kurash uchun sog\u2018liqni saqlash sohasiga 277 million dollar ajratayotganini ta&#8217;kidladi.<br \/>\nTadbirda Sloveniyaning \u00abMintaqaviy muloqot\u00bb xalqaro markazi direktori Myusha Sever O\u2018zbekistonning inqirozga qarshi kurash bo\u2018yicha mas&#8217;ullarining faoliyatini yuqori baholab, globalizasiya pandemiyaning bu qadar keng avj olib ketishiga qulay sharoit yaratib berganligini zikr etdi. O\u2018zbekiston misolida xalqaro ochiqlikning bugungi darajasi qator byurokratik qiyinchiliklarni bartaraf etishga olib kelishini ta&#8217;kidladi.<br \/>\nRossiya Federatsiyasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi t.f.n. S.Pritchin qayd etishi, Markaziy Osiyo respublikalari ichida O\u2018zbekiston qisqa vaqt ichida barcha resurslarini safarbar etib, mamlakatda koronavirus tarqalishining salbiy oqibatlariga qarshi chora-tadbirlar dasturini qabul qildi. Respublikada inqirozga qarshi kurash ishlari natijasida ayni paytda O\u2018zbekiston qator davlatlarga gumanitar yordam ham bermoqda.<br \/>\nAQShning J.Marshal nomidagi Xavfsizlik masalalarini o\u2018rganish Yevropa markazi professori G.Glizinning nuqtai nazaricha, pandemiya natijasida inson xavfsizligi masalasi birlamchi bo\u2018lgan global xalqaro xavfsizlik arxitekturasining yangi tizimi shakllanmoqda. Bu o\u2018z navbatida, mintaqaviy va xalqaro mojarolarni hal qilish yo\u2018lidagi sa&#8217;y-harakatlarda ijobiy natijalarga erishishga ko\u2018mak beradi.<br \/>\nMazkur markazda faoliyat olib boruvchi vengriyalik ekspert Pol Dunay mamlakatda hukumat tomonidan olib borilayotgan inqirozga qarshi kurash siyosatiga to\u2018xtalib, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar amaliy natijasini bermaganligini ta&#8217;kidladi. Vengriyada masofaviy ta&#8217;lim olish imkoniyati yetarli emasligi, shu bilan birga qator boshqa ijtimoiy sohalarda ham raqamli texnologiyalar to\u2018liq joriy etilmaganligini qayd etdi. Bu esa o\u2018z navbatida, hozirgi sharoitlarda yaqqol namoyon bo\u2018lganligini zikr etdi.<br \/>\nTadbir yakunida barcha ishtirokchilar Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga koronovirus tarqalishiga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning bugungi shart-sharoitlari va postpandemiya xalqaro munosabatlari, shuningdek, dunyo davlatlari, jumladan, O\u2018zbekistonning inqirozga qarshi chora-tadbirlari va uning salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan sa&#8217;y-harakatlari borasidagi masalalarning xalqaro darajada muhokama qilinishini tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildirib, bularning barchasi, o\u2018z navbatida, pandemiyaga qarshi kurashish bo\u2018yicha xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilishini ta&#8217;kidladilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><a href=\"https:\/\/www.facebook.com\/TSUOS\/\">Facebook<\/a>\u00a0|\u00a0<a href=\"http:\/\/t.me\/tashgiv\">Telegram<\/a>\u00a0|\u00a0<a href=\"http:\/\/instagram.com\/tashgiv.uz\">Instagram<\/a>\u00a0|\u00a0<a href=\"http:\/\/youtube.com\/c\/tashgivtv\">YouTube<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida \u201cPandemiyaga qarshi kurash sharoitida xalqaro hamkorlik: O\u2018zbekiston va xalqaro tajriba\u201d mavzusida xalqaro onlayn davra suhbati o\u2018tkazildi. \u201cZoom\u201d platformasida onlayn formatda tashkil etilgan ushbu ilmiy-amaliy anjumanda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, shuningdek, respublikamizning turli oliy ta&#8217;lim muassasalari professor-o\u2018qituvchilari, tadqiqotchilari, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirok etdi. Jami 7 ta davlatni namoyish etgan 92 nafar [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":12423,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2],"tags":[48,91],"class_list":["post-12422","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangilik","tag-davra-suhbati","tag-xalqaro-hamkorlik"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12422","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12422"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12422\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":60802,"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12422\/revisions\/60802"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12423"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12422"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12422"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12422"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}