{"id":55937,"date":"2026-05-06T12:17:22","date_gmt":"2026-05-06T07:17:22","guid":{"rendered":"https:\/\/tsuos.uz\/?p=55937"},"modified":"2026-05-06T17:53:29","modified_gmt":"2026-05-06T12:53:29","slug":"alisher-navoiy-hayoti-va-ijodi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/alisher-navoiy-hayoti-va-ijodi\/","title":{"rendered":"Alisher Navoiy hayoti va ijodi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher.<\/strong>\u00a0U\u00a0Hirotda\u00a0tug\u02bbilib, shu yerda umrining asosiy qismini o\u02bbtkazgan. Navoiyning otasi G\u2018iyosiddin Bahodir\u00a0temuriylar\u00a0xonadoniga yaqin bo\u02bblgan. She\u02bcr zavqi va iste\u02bcdodi erta uyg\u02bbongan. Bolalikdayoq\u00a0Farididdin Attorning\u00a0\u201eMantiqut-tayr\u201c\u00a0asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono\u00a0Lutfiy\u00a0yosh shoir iste\u02bcdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e\u02bctirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta\u02bclim olgan,\u00a0Abdurahmon Jomiy\u00a0bilan ijodiy hamkorlikda bo\u02bblgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan. Husayn Boyqaro\u00a0Xuroson taxtiga o\u02bbtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga,\u00a0vazirlik\u00a0(1472) va\u00a0Astrobod\u00a0hokimligi\u00a0(1487)ga tayinlanadi. 1480\u20141500 yillar mobaynida o\u02bbz mablag\u02bblari hisobidan bir necha\u00a0madrasa, 40 rabot (safardagi yo\u02bblovchilar to\u02bbxtab o\u02bbtish joyi), 17\u00a0masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko\u02bbprik, 20 ta hovuz qurdiradi.\u00a0Husayn Boyqaro\u00a0Alisher Navoiyga\u00a0\u201emuqarrabi hazrati sultoniy\u201c\u00a0(\u201esulton hazratlarining eng yaqin kishisi\u201c) degan unvonni beradi. Unga ko\u02bbra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi. Alisher Navoiy tarjimai holi o\u02bbz davrida\u00a0Xondamir,\u00a0Vosifiy,\u00a0Husayn Boyqaro,\u00a0Bobur\u00a0kabi\u00a0tarixchi\u00a0va davlat arboblarining asarlarida aks etgan. O\u02bbzbek olimlari\u00a0Ozod Sharafiddinov, V.Mahmud,\u00a0Oybek,\u00a0Yahyo G\u02bbulomov,\u00a0Izzat Sulton, A.Zohidov, V.Abdullaev, A.Qayumov, S.G\u02bbanieva v.b. Navoiyning hayot yo\u02bbli haqida asarlar yaratishgan. 1947-yilda\u00a0Komil Yormatov\u00a0\u00abAlisher Navoiy\u00bb\u00a0filmini suratga oldi. Quyida e\u2019tiboringizga Alisher Navoiy hayotiga ta\u2019alluqli 15 ta ma\u2019lumotlarni taqdim qilamiz: Navoiyning ilmga bo\u2018lgan ishtiyoqi erta uyg\u2018onib, 4 yoshida maktabda ta\u2019lim ola boshlagan. Navoiy hazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning \u00abMantiqut-tayr\u00bb asarini yoddan bilganlar. 7 yoshli Nizomiddin Mir Alisher buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan. Mir Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab g\u2018azallar yoza boshlagan. Alisher Navoiy \u00abmuqarrabi hazrati sultoniy\u00bb (\u00absulton hazratlarining eng yaqin kishisi\u00bb) degan unvonni olgan. Unvon Navoiyga davlatning barcha ishlariga aralashish huquqini bergan. Turkiy tilni qayta tiriltirgani Navoiyning ma\u2019naviyatimiz uchun ulkan jasorati bo\u2018lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur \u00abTurkiy til bila to she\u2019r aytibdurlar, hech kim oncha ko\u2018p va xo\u2018b aytqon emas\u00bb, \u2014 deb yozsa, Husayn Boyqaro \u00abMir Alisher turk tilining o\u2018lik jasadig\u2018a Masih nafasi ila jon ato etdi\u00bb deb ta\u2019kidlagan. Alisher Navoiy o\u2018n besh-o\u2018n olti yoshlarida ham turkiy, ham forsiyda ijod qiladigan \u201cikki tilli\u201d shoir sifatida tanilgan. Alisher Navoiy o\u2018smirlik yillarida o\u2018zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq she\u2019rlarini yod bilgan. Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she\u2019rlariga Navoiy, forsiy tildagi she\u2019rlariga Foniy deb taxallus qo\u2018yadi.Shoirning forsiy she\u2019rlar to\u2018plami \u201cDevoni Foniy\u201d deb nomlangan. Navoiyning sevgilisi sifatida tasvirlanadigan \u201cGuli\u201d ismi faqat xalq og\u2018zaki ijodida, Navoiy haqidagi rivoyat va afsonalarda uchraydi xolos. Guli nomi Navoiyning hayoti haqida ma\u2019lumot beruvchi yozma manbalarning hech birida uchramaydi. Navoiy asarlarida Farhod \u2013 komil inson timsolidir. U bolaligidan ilmga chanqoq bo\u2018ladi va bir marta o\u2018qigani sira yodidan chiqmaydi. Farhod o\u2018n yoshga yetganda hamma ilmlarni egallab bo\u2018ladi. Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi.Keyinchalik bu ikki ulug\u2018 shoir o\u2018rtasidagi ustoz va shogirdlik munosabatlari yanada mustahkamlanib, ijodiy hamkorlikka aylanadi. Samarqand Navoiyning hayoti va ijodida muhim ahamiyat kasb etadi. Alisher 1464 yilda Samarqandga keladi va bu yerda madrasada tahsil olib, ilm-fan, adabiyot va san\u2019at bilan tanishadi. 1469 yili Navoiy do\u2018sti Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan 90 baytdan iborat \u201cHiloliya\u201d qasidasini yozadi (\u201chilol\u201d \u2013 yangi chiqqan oy). Navoiy o\u2018z jamg\u2018armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan. Alisher Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Navoiy turkiy tilidagi ilk \u201cXamsani\u201d 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tilga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq \u00abXazoyinul-maoniy\u00bb nomli to\u2018rt devon (1491\u20141498)ga jamlangan. Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda vafot etdi.Uni dafn etish chog\u2018ida maydalab yomg\u2018ir yog\u2018ib turgan edi. Buni tarixchi Xondamir \u201chatto tabiat ham motam tutdi\u201d deya ta\u2019riflagan. To\u2019liq: Alisher Navoiy (taxallusi; asl ismi Nizomiddin Mir Alisher) (1441.9.2. \u2014 Hirot \u2014 1501.3.1) \u2014 buyuk o\u2018zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi. Alisher Navoiyning ota tomondan bobosi Amir Temurning Umar Shayx ismli o\u2018g\u2018li bilan ko\u2018kaldosh (emikdosh) bo\u2018lib, keyinchalik Umar Shayx va Shohruxning xizmatida bo\u2018lgan. Otasi G\u2018iyosiddin Bahodir esa Abulqosim Boburning yaqinlaridan; mamlakatni idora etishda ishtirok etgan. Onasi (ismi noma\u2019lum) Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi. Alisher Navoiyning bolaligi Shohrux hukmronligining so\u2018nggi yillariga to\u2018g\u2018ri kelgan. U temuriyzodalar, xususan bo\u2018lajak podshoh Husayn Boyqaro bilan birga tarbiyalangan. 4 yoshida maktabga borib, tez savod chiqarib, turkiy va forsiy tildagi she\u2019rlarni o\u2018qib, yod ola boshlagan. O\u2018zbek tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham mukammal egallagan. 1447 yil 12 martda mamlakat podshohi Shohrux vafot etgach, taxtga da\u2019vogarlar orasida o\u2018zaro kurash boshlanadi. Urush-janjallar ko\u2018p kishilarni Xurosondan turli tomonga ko\u2018chib ketishga majbur etdi. Alisher Navoiylar oilasi o\u2018z tinchligini ko\u2018zlab, Iroqqa ko\u2018chishdi (1449). Taf shahrida Alisher mashhur \u00abZafarnoma\u00bb tarixiy asari muallifi, shoir Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Bu uchrashuv bolada yorqin taassurot qoldiradi. G\u2018iyosiddin Bahodir oilasi Hirotga, qariyb ikki yil muddat o\u2018tgach, qaytadi. Abulqosim Bobur G\u2018iyosiddin Bahodirni Sabzavor shahriga hokim qilib tayinladi. Alisher Navoiy Hirotda qolib o\u2018qishni davom ettirdi. Alisher Navoiy she\u2019riyatga g\u2018oyat qiziqdi, Sharq adabiyotini qunt bilan o\u2018rgandi. Oila muhiti bolaligidayoq unda adabiyotga zo\u2018r havas tug\u2018dirgan edi. Tog\u2018alari Mirsaid \u2014 Kobuliy, Muhammad Ali \u2014 G\u2018aribiy yetuk shoir edilar. Alisher Navoiylar uyida shoirlar tez-tez to\u2018planishib, mushoira qilishar, adabiyot va san\u2019at haqida suhbatlashar edilar. Alisher Navoiy 10\u201412 yoshlaridan she\u2019r yoza boshlagan. Tarixchi Xondamirning yozishicha, yosh Alisher Navoiyning iste\u2019dodidan mamnun bo\u2018lgan mavlono Lutfiy, uning: Orazin yopqoch, ko\u2018zumdan sochilur har lahza yosh, Bo\u2018ylakim, paydo bo\u2018lur yulduz, nihon bo\u2018lg\u2018ach quyosh matla\u2019li g\u2018azalini tinglab: \u00abAgar muyassar bo\u2018lsa edi, o\u2018zimning o\u2018n-o\u2018n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g\u2018azalga almashtirardim\u2026\u00bb degan. Alisher Navoiy 15 yoshida shoir sifatida keng tanilgan. She\u2019rlarini turkiy (Navoiy taxallusi bilan) va forsiy (Foniy taxallusi bilan) tillarida yozgan. Alisher Navoiy 13\u201414 yoshlarida otasi hayotdan ko\u2018z yumadi. Uni Abulqosim Bobur o\u2018z tarbiyasiga oladi, katta badiiy iste\u2019dodi uchun g\u2018oyat e\u2019zozlaydi. 1456 yil oktyabrda mamlakat poytaxti Hirotdan Mashhadga ko\u2018chiriladi, Abulqosim yosh Alisherni ham, o\u2018z xizmatida bo\u2018lgan Husayn Boyqaroni ham Mashhadga olib ketadi. 1457 yilning bahorida to\u2018satdan Abulqosim Bobur ham vafot etdi. Alisher Navoiy uchun bu, otasi vafotidan keyingi, ikkinchi og\u2018ir judolik bo\u2018ldi. U Mashhad madrasalaridan birida o\u2018qishini davom ettiradi. Do\u2018sti Husayn Boyqaro esa Marv va Chorjo\u2018y tomonlarga omad qidirib ketadi. Xurosonni temuriylarning yana bir vakili, Movarounnahr hukmdori Sulton Abu Said egalladi va poytaxtini Samarqanddan Hirotga ko\u2018chiradi. Husayn Boyqaroning taxtni egallash yo\u2018lidagi birinchi raqibi \u2014 Abu Said edi. Alisher Navoiy oilasining xohish-rag\u2018bati Husayn tomonda bo\u2018lib, bu avvalo ularning oilaviy yaqinliklari bilan izohlanardi; bundan yangi hukmdor ham yaxshi xabardor edi. O\u2018rtadagi bu vaziyat Alisher Navoiy hayotini murakkablashtirgan. Alisher Navoiy Mashhadda oddiy bir mullavachcha sifatida yashadi. Shoirning bu davrdagi ijodida o\u2018z yurtini sog\u2018inib yozgan g\u2018azallari talaygina. Orada, xususan, yoz fasllarida Hirotga borib-kelib ham turgan. 1463 yilda esa u uzil-kesil Hirotga qaytdi. Biroq bu yerda ahvol o\u2018zgargan, shahar xarobaga aylangan edi. Xuroson poytaxtida Sulton Abu Said o\u2018z tartibini o\u2018rnatgan, muhim vazifalarga u bilan Movarounnahrdan kelgan kishilar tayinlangan, Alisher Navoiy ga yaqin kishilar quvg\u2018in qilingan, Husayn Boyqaro bilan birga ketgan tog\u2018alari \u2014 Mirsaid va Muhammad Ali urushda halok bo\u2018lgan, yashash uchun biron joy topish muammo edi. Alisher Navoiyning o\u2018sha kunlardagi ahvoli uning keyinchalik ustozi Sayyid Hasan Ardasherga Samarqanddan yozgan maktubidagi she\u2019riy satrlarda nihoyatda ta\u2019sirli va haqqoniy ifodalab berilgan. Bu vaqtda mamlakatda taniqli shoir bo\u2018lib qolgan Alisher Navoiyni Abu Said ta\u2019qib qilib, Hirotdan chiqarib yuboradi. Shoir Samarqandga ketishga majbur bo\u2018ladi. Alisher Navoiy Samarqandda 1465 yildan 1469 yilning bahorigacha yashadi, Fazlulloh Abu Lays madrasasida o\u2018qib, turli fanlarga oid bilimlarini yanada chuqurlashtirdi. Samarqandning ko\u2018zga ko\u2018ringan shoirlari \u2014 Shayxim Suhayliy, Mirzobek, Mavlono Xovariy, Mir Qarshiy, Harimi Qalandar, muammogo\u2018y Uloyi Shoshiy, olim Mavlono Muhammad Olim va boshqalar bilan hamsuhbat bo\u2018ldi va do\u2018stlashdi. Samarqand shahri hokimi Ahmad Hojibek asli hirotlik bo\u2018lib, Vafoiy taxallusi bilan she\u2019rlar yozardi, u Alisher Navoiyga alohida hurmat va e\u2019tibor bilan qaradi. Uning yordamida Alisher Navoiy davlat ishlari bilan ham shug\u2018ullana boshladi. U davlat ishlarini boshqarishda dastlabki tajribani shu yerda orttirdi va bu unga keyinchalik asqotdi. Alisher Navoiyning Samarqanddagi siyosiy va davlat faoliyati yuqori baholanib, unga \u00abChig\u2018atoy amiri\u00bb unvoni berilgan. 1469 yil boshlarida Sulton Abu Said Qorabog\u2018da o\u2018z askarlari tomonidan o\u2018ldiriladi. Ko\u2018pdan buyon shunday vaziyatni kutib yurgan Husayn Boyqaro zudlik bilan kelib, Hirot taxtini egallaydi. Alisher Navoiy ham Hirotga yetib keladi. 1469 yil 14 aprel kuni, ramazon hayiti munosabati bilan uyushtirilgan qabul marosimida Alisher Navoiy o\u2018zining Husayn Boyqaroga yangi yozgan \u00abHiloliya\u00bb qasidasini taqdim etadi. Podshoh Alisher Navoiyni muhrdorlik mansabiga tayinlaydi. Alisher Navoiy Husayn Boyqaroning eng xavfli siyosiy raqibi \u2014 Yodgor Muhammad Mirzoni tunda qo\u2018lga olishda shaxsiy jasorat ko\u2018rsatadi. Yangi hukumatning ortiqcha soliqlaridan norozi bo\u2018lib, qo\u2018zg\u2018olon ko\u2018targan xalq ommasini tinchitishda adolat va mardonavorlik bilan ish tutadi. Shu voqealardan so\u2018ng ma\u2019lum vaqt o\u2018tgach, Husayn Boyqaro hukumatidagi muhrdorlik vazifasiga Alisher Navoiyning roziligi bilan uning samarqandlik do\u2018sti, shoir Shayxim Suhayliy tayinlanadi. Alisher Navoiyning maqsadi saroyda maslahatchi bo\u2018lib qolish, ko\u2018proq ijodiy ish bilan shug\u2018ullanish edi. Biroq Husayn Boyqaro 1472 yilning fevral oyida uni o\u2018z saroyining bosh vaziri qilib tayinlaydi va unga \u00abAmiri kabir\u00bb unvonini beradi. Alisher Navoiy yangi lavozimda avvalo butun kuchini mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o\u2018rnatishga qaratdi. Vaqf ishlarini tartibga solishga kirishdi. Shaharlarda savdo-sotiqni, hunarmandchilikni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Alisher Navoiy sa\u2019yi harakati bilan qishloqlarda dehqonchilik madaniyati o\u2018sib boradi. Shaharlar, xususan Hirot kun sayin obod bo\u2018la boshlaydi. Buyuk insonparvar Alisher Navoiy o\u2018rta asrdagi Uyg\u2018onish davrining boshqa ulug\u2018 zotlari singari butun hayoti bilan haqiqiy inson qanday bo\u2018lishi lozimligini ko\u2018rsatdi. U o\u2018z davridagi nohaqlikka, adolatsizlikka qarshi kurashdi, amaldorlarning o\u2018z vazifalarini suiiste\u2019mol qilishlarini va ta\u2019magirliklarini fosh etdi, ojiz, muhtoj kishilarni o\u2018z himoyasiga oldi. Sulton Husayn Boyqaro podshohlik qilgan, Alisher Navoiy hukumatda bosh vazir vazifasini egallagan paytlarda hech bir mamlakatga qarshi bosqinchilik urushi olib borilmadi. Bosh vazir Alisher Navoiy madaniyat va san\u2019atning chinakam homiysi sifatida taniladi. Uning faoliyatida ijtimoiy-siyosiy masalalarni to\u2018g\u2018ri hal etishga intilish, jamiyatdagi barcha ijtimoiy qatlamlarga, barcha qavmlarga bir xil munosabatda bo\u2018lish, hech qaysi birini kamsitmaslik, hammaning manfaatiga barobar xizmat qiladigan jamoat binolarini qurishga alohida e\u2019tibor berish oldingi o\u2018ringa chiqa boshladi. Xondamirning qayd qilishicha, 80-yillar davomida Alisher Navoiy o\u2018z mablag\u2018lari hisobidan Hirotda va mamlakatning boshqa shaharlarida bir necha madrasa, 40 ta rabot, 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko\u2018prik, 20 ga yaqin hovuz qurgan yoki ta\u2019mirlattirgan. Ular orasida Hirotdagi \u00abIxlosiya\u00bb, \u00abNizomiya\u00bb madrasalari, \u00abXalosiya\u00bb xonaqohi, \u00abShifoiya\u00bb tibgohi, Qur\u2019on tilovat qiluvchilarga mo\u2018ljallangan \u00abDorul-huffoz\u00bb binosi, Marvdagi \u00abXusraviya\u00bb madrasasi, Mashhaddagi \u00abDorul-huffoz\u00bb xayriya binosi va boshqa noyob me\u2019morlik yodgorliklari bor. Bu davrda Hirotda adabiy hayot jo\u2018sh urgan. Alisher Navoiy atrofida Shayxim Suhayliy, Xoja Osafiy, Binoiy kabi o\u2018nlab shoirlar, Hasan Noiy, Xoja Abdullo Marvoriy, Qulmuhummad Udiy, Shohquli G\u2018ijjakiy kabi o\u2018nlab sozandalar, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilar, Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib, Xoja Hofiz Muhammad, Sultonali Koiniy, Muhammad Xandon, Mavlono Hijroniy kabi mashhur kotiblar, Behzod kabi musavvirlar qizg\u2018in ijodiy mehnat bilan band edilar. Hirotda, umuman Xuroson mulkida ma\u2019naviy hayotning baquvvat ustunlaridan Abdurahmon Jomiy bilan Alisher Navoiy o\u2018rtasidagi ijodiy hamkorlik \u2014 ustoz-shogirdlik ko\u2018p masalalarda hamfikrlilikka olib keldi. Alisher Navoiyning o\u2018zbek tilidagi dastlabki yirik asarlaridan \u00abHiloliya\u00bb qasidasi Sulton Husayn Boyqaroga bag\u2018ishlangan bo\u2018lsa, forsiy tildagi birinchi yirik asari \u00abTuhfat ul-afkor\u00bb (1476) qasidasi Jomiyga bag\u2018ishlangan edi. 1470-yillarning oxirlarida Alisher Navoiy o\u2018zining o\u2018zbek tilida yozgan she\u2019rlaridan iborat ilk devoni \u2014 \u00abBadoe\u2019 ul-bidoya\u00bb (\u00abBadiiylik ibtidosi\u00bb)ni tuzdi. Mazkur devonda 777 g\u2018azal, 85 ruboiy, 52 muammo, 46 qit\u2019a, 53 fard, 10 tuyuq, 10 lug\u2018z, 3 mustazod, 5 muxammas, 3 tarje\u2019band, 2 musaddas bo\u2018lib, bunday mukammal devonni tuzish Navoiygacha kamdan-kam o\u2018zbek shoiriga nasib bo\u2018lgan. Alisher Navoiy \u00abBadoe\u2019 ul-bidoya\u00bb tuzilgandan keyingi davrda yozilgan o\u2018zbekcha she\u2019rlari asosida 1480 yillarning oxirida \u00abNavodir un-nihoya\u00bb (\u00abBehad nodirliklar\u00bb) devonini tuzdi. 1841 \u2014 82 yillarda Alisher Navoiy \u00abChixl hadis\u00bb (\u00abQirq hadis\u00bb yoki \u00abArbain\u00bb) asarini yozadi. Bunda Muhammad payg\u2018ambar(sav) ning qirq hadisi to\u2018rtlik bilan she\u2019riy ifodalab berilgan. Alisher Navoiy mansub adabiy hayotda she\u2019riy janrlardan g\u2018azal, qasida, ayniqsa muammo yozishga qiziqish kuchli edi. Alisher Navoiy forsiy devoniga 373 muammo kiritgan. Shunday adabiy mayllar tufayli 1485 yil muammo yozish qoidalari haqida maxsus \u00abMufradot\u00bb asarini yaratdi. Alisher Navoiyda o\u2018zbek tilida \u00abXamsa\u00bb \u2014 besh doston yaratish maqsadi yoshligidan bo\u2018lgan. Bu maqsadini 1483\u201485 yillarda amalga oshirdi. Asar o\u2018zbek adabiyoti shuhratini olamga yoyib, jahon adabiyotining durdonalaridan biriga aylandi. \u00abXamsa\u00bbdan keyin Navoiy yana bir qancha asarlar yaratdi. 1485 yil o\u2018zining mashhur \u00abNazm ul-javohir\u00bb asarini yozdi, bunda birinchi xalifalardan bo\u2018lmish Hazrat Alining 266 ta hikmatli gapi ruboyi tarona (to\u2018rt misrasi ham qofiyalangan) shaklida bayon etilgan. O\u2018sha davr kitobxonlari, shu jumladan, tarixchi Xondamir bu asarni g\u2018oyat yuksak baholagan. Alisher Navoiyning insonparvarlik faoliyati, ilg\u2018or qarashlari, uning obro\u2018-e\u2019tibori xalq orasida tobora ortib borishi o\u2018z manfaatlarini ko\u2018zlagan saroy a\u2019yonlari orasida norozilik tug\u2018dirdi. Ular shoir bilan podsho orasiga nifoq solishga urindilar. Natijada 1487 yilda Husayn Boyqaro Alisher Navoiyni vazifasidan bo\u2018shatadi, bosh vazir vazifasini Muhammad Majdiddin egallaydi. Navoiy esa Astrobodga hokim qilib tayinlanadi. Navoiy hokimlik qilgan 2 yil davomida Astrobod shahri va viloyati obodonlashib, qo\u2018shni davlatlar bilan yaxshi munosabatlar o\u2018rnatiladi, savdo ishlari yo\u2018lga qo\u2018yiladi. Alisher Navoiy Astrobodda ham ko\u2018p yangi she\u2019rlar yozgan, Hirotdagi yor-do\u2018stlariga maktublar yo\u2018llab turgan. Uning Astroboddan Husayn Boyqaroning katta o\u2018g\u2018li Badiuzzamonta yozgan maktubini davlatni boshqarish haqidagi risola, deyish mumkin. Alisher Navoiy doim Husayn Boyqaroni adolatli va ma\u2019rifatli hukmdor qiyofasida ko\u2018rish orzusi bilan yashadi. Astroboddan Husayn Boyqaroga va boshqa amaldorlarga yozgan maktublarida ularni insof va adolatga chaqirar, davlat idora usulida mustahkam tartib o\u2018rnatish va ayrim islohotlar o\u2018tkazishga undar edi. Lekin Alisher Navoiyning istaklari to\u2018la amalga oshishi qiyin edi. Astrabodda Navoiy bilan Husayn Boyqaro munosabatlariga putur yetkazuvchi gaplar yuzaga kelgach, podshoh Alisher Navoiyning Hirotga qaytishiga ruxsat beradi. Husayn Boyqaro Navoiyga bir nechta yuksak lavozimlarni taklif qiladi. Alisher Navoiy rozi bo\u2018lmagach, unga \u00abMuqarrabi hazrati sultoniy\u00bb (\u00abSulton hazratlarining eng yaqin kishisi\u00bb) degan rasmiy unvon beriladi. Bu bilan u davlatning hamma ishlariga aralasha olar va podshoh bilan ko\u2018rishish imkoniga ham ega bo\u2018lar edi. Binobarin, saroy amaldorlari, shu jumladan, Muhammad Majdiddin ham har bir muhim masalani ko\u2018p vaqt u bilan kelishishga majbur edi. Lekin Alisher Navoiy bilan Majdiddin o\u2018rtasidagi nodo\u2018stona munosabatdan ko\u2018pchilik xabardor edi. Navoiyning Balxda hokim bo\u2018lib turgan ukasi Darveshali Majdiddindan ranjib, bosh hukumatga qarshi isyon ko\u2018targani ham ma\u2019lum. Bu isyon Navoiyning aralashuvi bilan tinchitilgan. Aynan shu voqea 1490 yildan Majdiddinning siyosat maydonidan ketishiga asosiy sabab bo\u2018lgan. Alisher Navoiy hamisha ko\u2018proq ijodiy va ilmiy ishlar bilan shug\u2018ullanish, bu boradagi rejalarini amalga oshirish xayoli bilan yashardi. Hayot esa uning rejalariga o\u2018z tuzatishlarini kiritar edi. 1488 yil Sayyid Hasan Ardasher, 1492 yil Jomiy, 1493 yil olim va shoir Pahlavon Muhammad birin-ketin hayotdan ko\u2018z yumdilar. Navoiy o\u2018zi uchun qadrdon bo\u2018lgan bu insonlar xotirasini abadiylashtirish, ularga o\u2018z hurmatini izhor etish uchun \u00abHoloti Sayyid Hasan Ardasher\u00bb, \u00abXamsat ul-mutahayyirin\u00bb (\u00abBesh hayrat\u00bb), \u00abHoloti Pahlavon Muhammad\u00bb nomli risolalarini yozdi. Astrobodda yoza boshlagan \u00abTarixi muluki Ajam\u00bb (\u00abAjam podshohlari tarixi\u00bb) asarini tug\u2018alladi (1489). 1490 yil u o\u2018ziga zamondosh shoirlar haqida Jomiyning \u00abBahoriston\u00bb, Davlatshoh Samarqandiyning \u00abTazkirat ush-shuaro\u00bb asarlari shaklida \u00abMajolis un-nafois\u00bb (\u00abNafislar majmuasi\u00bb) tazkirasini tuzishga kirishib, 1492 yilda tugalladi. Shu vaqtning o\u2018zida Alisher Navoiy o\u2018zbek tilida she\u2019riyat nazariyasi, aniqrog\u2018i, aruz vazni qoidalari haqida \u00abMezon ul-avzon\u00bb (\u00abVaznlar o\u2018lchovi\u00bb) ilmiy qo\u2018llanmasini yaratdi. 1494 yilda turkiy tildagi maktublarini to\u2018plab \u00abMunshaot\u00bb (\u00abMaktublar\u00bb) majmuasini tuzdi. 1495 yil Jomiyning \u00abNafahot ul-uns\u00bb asarini \u00abNasoyim ul-muhabbat\u00bb (\u00abMuhabbat shabadalari\u00bb) nomi bilan tarjima qilib, uni qayta ishlab, turkiy mashoyixlar haqidagi yangi ma\u2019lumotlar bilan boyitdi. Shu boisdan \u00abNasoyim ul-muhabbat\u00bbga Alisher Navoiyning mustaqil asari sifatida qarash mumkin. Alisher Navoiy 1491\u201492 yillardan boshlab turkiy tilda yozilgan hamma she\u2019rlaridan yangi, yig\u2018ma devon tuzishga kirishdi va bu ish 1498\u201499 yilda nihoyasiga yetdi. Devonning umumiy nomi \u00abXazoyin ul-maoniy\u00bb (\u00abMa\u2019nolar xazinasi\u00bb) bo\u2018lib, 4 qismdan iborat bo\u2018lganligi uchun \u00abChor devon\u00bb deb ham atalgan. Devon shoirning butun hayoti davomida yozilgan she\u2019rlarini qamrab olgan, ularda Alisher Navoiy ning barcha davrlaridagi kayfiyati, dunyoqarashi, orzu-umidlari ifodalab berilgan. Taxminan shu yillarda Alisher Navoiy forsiy she\u2019rlaridan tashkil topgan \u00abDevoni Foniy\u00bb (\u00abFoniy devoni\u00bb)ni, forsiy tildagi 2 qasidalar majmualarini tuzib, forsiy she\u2019riyat taraqqiyotiga ham o\u2018zining munosib hissasini qo\u2018shdi. Xurosonda forsiyzabon xalqlar ko\u2018pchillikni tashkil etganligi inobatga olinsa, Alisher Navoiyning bu tilda ham samarali ijod qilgani mamlakat ma\u2019naviy ehtiyojini yaxshi his etganligini bildiradi. 1490 yillarning o\u2018rtalariga kelib mamlakatda ijtimoiy-siyosiy tanglik kuchaya boshlaydi. Temuriylar xonadonida hukmdor o\u2018g\u2018illari o\u2018rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar esa bu tanglikni yanada kuchaytiradi. Har bir shahzodaning o\u2018z tarafdorlari bo\u2018lib, ularni murosaga keltirish ko\u2018p vaqt Alisher Navoiy zimmasiga tushar edi. Bosh vazir Nizomulmulk esa 1496\u201497 yillarda bu oilaviy mojarolarda bir tomonlama harakat qilib, Muzaffar Mirzoning onasi \u2014 Xadicha begimga yon bosadi. Shu asosda Husayn Boyqaro bilan Astrobodda hokimlik qilayotgan Badiuzzamon o\u2018rtasida harbiy to\u2018qnashuv yuz berdi. Saroydagi fitna, jumladan, Nizomulmulkning qabihligi natijasida Badiuzzamonning o\u2018g\u2018li, Husayn Boyqaroning eng sevimli nabirasi, Navoiyning esa ixlos qo\u2018ygan shogirdi Mo\u2018min Mirzo fojiali o\u2018ldiriladi. Bular hammasi Alisher Navoiy hayoti va kayfiyatiga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatadi. Alisher Navoiyning she\u2019riy dahosi 15-asr oxirlariga kelib yana jo\u2018sh urdi. U 2 yil mobaynida 2 ta yirik asar \u2014 \u00abLison ut-tayr\u00bb (\u00abQushlar tili\u00bb) dostonini va \u00abMuhokamat ul-lug\u2018atayn\u00bb (\u00abIkki til muhokamasi\u00bb) nomli ilmiy asarini yaratdi. Alisher Navoiyning so\u2018nggi buyuk asarlaridan yana biri nasriy pandnoma yusinida yozilgan \u00abMahbubul-qulub\u00bb (\u00abQalblar sevgani\u00bb)dir. U Sharq adabiyoti tarixida Shayx Sa\u2019diyning \u00abGuliston\u00bb, Kaykovusning \u00abQobusnoma\u00bb, Nizomiy Aruzi Samarqandiyning \u00abChor maqola\u00bb kabi asarlari qatorida turadi. Bu asarida Alisher Navoiy o\u2018zining hayot yo\u2018lini, boshidan kechirgan turmush mashaqqatlarini yorqin tasvirlab bergan. 1500 yilning dekabrda Husayn Boyqaro isyon ko\u2018targan o\u2018g\u2018li \u2014 Muhammad Husayn bilan sulh tuzib, Hirotga qaytar ekan, Alisher Navoiyni ham uni kutib olishi lozimligiga ishorat qiladi. Orada 2\u20143 kunlik yo\u2018l bor edi. Alisher Navoiy o\u2018zining so\u2018nggi she\u2019rini Poyob rabotida yozgan va undan nusxa ko\u2018chirtirib, kelayotgan Husayn Boyqaroga yuborgan. Uchinchi kuni Alisher Navoiy hukmdor istiqboliga yaqinlashayotganida o\u2018zini yomon his etgan, u bilan ko\u2018rishayotganda hushidan ketib, qaytib o\u2018ziga kelmagan va hayotdan ko\u2018z yumgan. Alisher Navoiyning adabiy va ilmiy merosini 4 faslga bo\u2018lish mumkin: 1. Devonlari. 2. Dostonlari. 3. Forsiy tildagi she\u2019riy merosi. 4. Ilmiy-filologik, nasriy va tarixiy asarlari. Alisher Navoiyning o\u2018zbek tilida yaratgan she\u2019riy merosi asosan \u00abXazoyin ul-maoniy\u00bb devoniga jamlangan. Asar 4 qismdan iborat. Devonning birinchi qismiga \u00abG\u2018aroyib us-sig\u2018ar\u00bb (\u00abBolalik g\u2018aroyibotlari\u00bb), ikkinchi qismiga \u00abNavodir ush-shabob\u00bb (\u00abYigitlik nodirotlari\u00bb), uchinchi qismiga \u00abBadoe\u2019 ul-vasat\u00bb (\u00abO\u2018rta yosh badialari\u00bb) va nihoyat, to\u2018rtinchi qismiga \u00abFavoyid ul-kibar\u00bb (\u00abKeksalik foydalari\u00bb) degan nomlar berildi. \u00abXazoyin ul-maoniy\u00bb inson bolasining murakkab va yuksak tafakkuri hamda behisob his-tuyg\u2018ulari bilan bog\u2018liq minglarcha she\u2019r va o\u2018nlarcha she\u2019r turlarini o\u2018z ichiga olgan majmua bo\u2018lib, Sharq adabiyoti tarixida noyob hodisadir. Bu xil majmua Alisher Navoiyga qadar Amir Xisrav Dehlaviy tomonidangina tuzilgan. Ushbu devonga kirgan minglarcha she\u2019rlarni Alisher Navoiy butun umri davomida turli sharoitlarda, har xil sabablar bilan yozgan bo\u2018lib, ular shoir hayoti va u yashagan davr bilan sonsiz-sanoqsiz iplar orqali bog\u2018langan. Alisher Navoiy \u00abXazoyin ul-maoniy\u00bb ga qadar \u00abIlk devon\u00bb, \u00abBadoe\u2019 ul-bidoya\u00bb, \u00abNavodir un-nihoya\u00bb devonlarini tuzgan. \u00abXazoyin ul-maoniy\u00bb ana shu 3 devonga kirgan hamda \u00abNavodir ul-nihoya\u00bb tuzilgandan keyin yozilgan she\u2019rlar asosida yuzaga kelgan. Alisher Navoiyda keksalik chog\u2018larida barcha she\u2019rlarini yig\u2018ib, xronologik tartibda 4 devon tuzish g\u2018oyasi bo\u2018lgan. Biroq \u00abXazoyin ul-maoniy\u00bbni tuzishda muharrirlik vazifasini bajargan Husayn Boyqaro bu g\u2018oyani qo\u2018llab-quvvatlamagan ko\u2018rinadi. Uning \u00abG\u2018aroyib us-sig\u2018ar\u00bb devoni bolalik mashqlaridan, \u00abNavodir ush-shabob\u00bb yigitlik she\u2019rlaridangina iborat bo\u2018lmay, bu boshlang\u2018ich devonlarda shoirning keyingi davr she\u2019riy mo\u2018\u2018jizalaridan ham namunalar borki, Husayn Boyqaro shuni ma\u2019qul ko\u2018rgan. Shu sababdan \u00abXazoyin ul-maoniy\u00bb tarkibidagi 4 devon nomining mazmunini shartli ma\u2019noda tushunish, bunda she\u2019rlar ko\u2018p holda aralash holda joylashtirilganini nazardan qochirmaslik zarur. \u00abXazoyin ul-maoniy\u00bbdagi 4 devonning har birida 650 tadan 2600 g\u2018azal, umuman 4 devonda 210 qit\u2019a, 133 ruboiy, 86 fard, 52 muammo, 13 tuyuq, 10 muxammas, 10 chiston, 5 musaddas, 4 tarje\u2019band, 4 mustazod, 1 musamman, 1 tarkibband, 1 qasida, 1 masnaviy, 1 soqiynoma mavjud bo\u2018lib, Sharq she\u2019riyatining 16 turi namoyondir. Alisher Navoiyning muhabbat va bu bilan bog\u2018liq tug\u2018yonlari, xususan g\u2018azallari uning yigitlik davrida yozilgan. Bunga uning \u00abIlk devoni\u00bbga kiritilgan, xalq orasida \u00abQaro ko\u2018zum\u00bb, \u00abKelmadi\u00bb (\u00abMunojot\u00bb) nomlari bilan mashhur bo\u2018lgan va kuylanadigan g\u2018azallari yaxshi misol bo\u2018la oladi. Bu kabi she\u2019rlarida shoir pok va yuksak ishqiy kechinmalarni baland ehtiros va falsafiylik bilan ifodalab bera olgan. Uning \u00abTopmadim\u00bb radifli g\u2018azali ham shu davrda, aniqrog\u2018i, Mashhaddan Hirotga qaytib, shaxsiy turmushini izga solish taraddudida yurganda, lekin uning moddiy jihatdan nochor ahvoldaligi tufayli oila qurishi qiyinlashgan, Sulton Abu Said esa uni ta\u2019qib qilgan paytda yozilgan bo\u2018lib, uning har bayti yurakni tirnaydi. Alisher Navoiyning ishqiy she\u2019rlarini faqat bir sub\u2019ektga qaratilgan, deyish qiyin. U hayotga keng nigoh bilan qarab, barcha go\u2018zalliklarni nazokatli tuyg\u2018ularni qadrlagan, noyob so\u2018z va iboralar bilan qalbdan ifodalay bilgan. Lekin hayot qiyinchiliklari va ziddiyatlari orqasida o\u2018z orzu-umidlariga yetisha olmagan shoir o\u2018zining insoniy norozilik tuyg\u2018ularini olovli she\u2019riy satrlarda bayon etadi. Alisher Navoiyning ishq bilan bog\u2018liq tasvirlari rang-barang va boy bo\u2018lib, biz unda inson hayoti va holatining cheksiz ko\u2018p qirralarini \u2014 shodlikni ham, xafachilikni ham, takrorlanmaydigan lahzalarni ham, har kun, har soatda yuz beruvchi ko\u2018ngilsizliklarni ham ko\u2018ramiz. Zotan o\u2018zbek she\u2019riyatida inson dardi va hasratlarini, o\u2018z sevgilisiga talpinishlarini Navoiydan o\u2018tkazib ifodalagan shoirni topish qiyin. Alisher Navoiyning ishqiy mavzuda yozgan she\u2019rlarining o\u2018ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, ulardagi ko\u2018p g\u2018oya va timsollar, tasviriy detallar an\u2019anaviy xarakterga ega. Shu bilan birga ishq va ishqiy obrazlar talqinida ham boshqa mumtoz ijodkorlar kabi Alisher Navoiy ramziylikka ko\u2018p o\u2018rin beradi. \u00abYor\u00bb \u2014 bu dunyo go\u2018zaligina emas, uningcha, bu \u2014 butun borliqni yaratgan va hamma narsani harakatga keltirib turgan Alloh hamdir. Shoir o\u2018zining tasavvufiy she\u2019rlarida yorning qoshi, ko\u2018zi, zulfi, sochi (va h.k.) deganda Allohning kuch-qudrati, mehri, oliy darajadagi go\u2018zalliklarini ko\u2018zda tutadi. Alisher Navoiyning barcha lirik janrlarga oid she\u2019rlari yuksak mahorat bilan yozilgan bo\u2018lib, inson manfaatlariga, uning e\u2019tiqodini mustahkamlashga, ruhini sog\u2018lomlashtirishga xizmat qiladi. Uning falsafiy, axloqiy mazmundagi hayot nafasi ufurib turgan har bir she\u2019ri bu janrning o\u2018lmas namunalaridir. Ulug\u2018 shoir ijodining shoh asari \u00abXamsa\u00bb 5 dostondan iborat. Bular \u00abHayrat ul-abror\u00bb (\u00abYaxshilar hayrati\u00bb), \u00abFarhod va Shirin\u00bb, \u00abLayli va Majnun\u00bb, \u00abSab\u2019ayi sayyor\u00bb (\u00abYetti sayyora\u00bb), \u00abSaddi Iskandariy\u00bb (\u00abIskandar devori\u00bb) dostonlaridir. Fors adabiyotidagi xamsachilikka javob sifatida o\u2018zbek tilida birinchi marotaba yaratilgan Alisher Navoiy \u00abXamsa\u00bbsi bu tilning cheksiz imkoniyatlarini amalda isbot etdi. 52 ming misradan iborat bu beshlik 15-asr islom tafakkurining borliq va tabiat, inson va jamiyat, axloq va kamolot haqidagi o\u2018ziga xos qomusi edi. Shoir voqealarni qadim Sharq tarixining Xusrav, Bahrom, Iskandar kabi nomlari afsonalar bilan chulg\u2018angan shaxslar, Layli va Majnun kabi oshiqlar hayotidan oldi. Ularga yangi mazmun berdi, turkona ruh kiritdi. Davrning dardli masalalarini, avlodlarning orzu va armonlarini ko\u2018tarib chiqdi. \u00abXamsa\u00bb zamondoshlariga nihoyatda zo\u2018r ta\u2019sir ko\u2018rsatdi. Abdurahmon Jomiy uni hayajon bilan olqishladi. Sulton Husayn esa shoirni o\u2018zining oq otiga mindirib, jilovdorlik qildi. \u00abLison ut-tayr\u00bb \u2014 Alisher Navoiyning so\u2018nggi dostoni \u00abXamsa\u00bbdan 14 yil keyin \u2014 1498\u201499 yilda yaratilgan. Bu asarini shoir \u00abFoniy\u00bb taxallusi bilan yozgan. Chunki bu davrda uning hayoti keksalikka yuz o\u2018girgan, aniqrog\u2018i, bu dunyosidan ko\u2018proq u dunyosini o\u2018ylay boshlagan edi. Mazkur asar bolaligida sevib o\u2018qigani \u2014 Farididdin Attorning \u00abMantiq ut-tayr\u00bb (\u00abQushlar tili\u00bb) dostoniga javob tarzida, shoirning o\u2018z ta\u2019biri bilan aytganda, \u00abtarjima rasmi bila\u00bb yuzaga keltirgan she\u2019riy mo\u2018\u2018jizasi edi. \u00abLison ut-tayr\u00bb aruzning ramali musaddasi maqsur (foilotun \u2014 foilotun \u2014 foilon) vaznida yozilgan bo\u2018lib, 3598 baytdan iborat. Dostondagi bosh g\u2018oya, bosh muammo tasavvufdagi imon, e\u2019tiqod va ma\u2019naviyat masalalaridir. Alisher Navoiyning niyati oddiy insonlarga insoniylikning ilohiy mohiyatini tushuntirib berish, ularni og\u2018ir sinovlardan o\u2018tkazib, komil inson darajasida ko\u2018rish. Shoir asarda qushlar timsolida tasavvuf yo\u2018liga kirgan va Allohni ko\u2018rishga, unga yetishishga astoydil kirishgan xudojo\u2018y insonlarni tasvirlashga intilgan. Hudhud degan qush nomidan so\u2018ylangan yuzlarcha hikoyalar tasavvufiy mazmunda bo\u2018lib, ular hammasi hayotiy, biri biridan qiziqarli. Qushlarning rang-barang timsollari orqali Alisher Navoiy o\u2018zining tasavvuf ta\u2019limoti bilan bog\u2018liq g\u2018oyalarini, Allohning hamma narsaning tashqarisida emas, balki ichida, o\u2018zida ekanini ko\u2018rsatish va isbotlashga harakat qiladi. Insonning ulug\u2018vorligini majoziy uslub bilan, ta\u2019sirli qilib, real ijtimoiy, axloqiy hodisalar ila bog\u2018lab tasvirlagan. Tasavvufning vaxdat ul-vujud nazariyasi ham shu tarzda o\u2018zining badiiy in\u2019ikosini topgan. Bu bilan Navoiy tasavvuf g\u2018oyalarini keng kitobxonlar ommasiga badiiy kurkam va jonli yetkazishda oliy darajada san\u2019atkorlik ko\u2018rsatgan. Alisher Navoiy butun hayoti davomida o\u2018zbek tili bilan bir qatorda forsiy tilda ham ijod qilib, barakali meros yaratdi. Uning bu tildagi she\u2019rlari 1490-yillarning o\u2018rtalarida, Eron olimi Yusuf Sheroziy taxminicha, 1495\u20141500 yillar orasida muallif tomonidan devon holiga keltirilgan va \u00abDevoni Foniy\u00bb nomi bilan mashhur. Mazkur devoni 1963 yilda Tehronda, 1965 yilda Toshkentda, 1993 yilda Dushanbada nashr etilgan. O\u2018zbek olimi Sulaymonov tavsifi bo\u2018yicha, \u00abDevoni Foniy\u00bbda, \u00abDebocha\u00bbdan tashqari, 7 qasida, 554 g\u2018azal, 1 musaddas, 1 marsiya, 72 qita, 73 ruboiy, 16 tarix, 373 muammo, 9 lug\u2018z bor. \u00abDevoni Foniy\u00bbdagi g\u2018azallarning aksariyati mashhur fors shoirlari she\u2019rlariga tatabbulardan iborat. Jumladan Jomiyning 52, Hofiz Sheroziyning 237, Xisrav Dehlaviyning 33, Sa\u2019diy Sheroziyning 25, Mavlono Kotibiyning 5, Shohiy Sabzavoriyning 5, Kamol Xo\u2018jandiyning 4 va boshqa g\u2018azaliga tatabbu bog\u2018langan. Alisher Navoiy fors tilida yozgan original g\u2018azallariga \u00abMuxtara\u00bb, \u00abIxtiro\u00bb deb sarlavha qo\u2018ygan bo\u2018lib, ularning soni 50 dan ortiq. Alisher Navoiy o\u2018zining forsiy kasidalaridan alohida to\u2018plamlar ham tuzgan bo\u2018lib, ularning biri \u00abSittai zaruriya\u00bb (\u00abOlti zarurat\u00bb), ikkinchisi \u00abFusuli arbaa\u00bb (\u00abTo\u2018rt fasl\u00bb) deb ataladi. \u00abSittai zaruriya\u00bb to\u2018plamiga 6 qasida kiritilgan bo\u2018lib, ularni Xisrav Dehlaviy, Jomiy, Anvariy, Haqoniy, Solmon Sovajiy va boshqa qasidanavislar ta\u2019sirida yaratgan. U davrlarda shoirning she\u2019riy mahorati ko\u2018p vaqt qasida yozish bilan belgilanganini hisobga olsak, Alisher Navoiyning ham qasidanavislik salohiyati yuqori bo\u2018lgan. Alisher Navoiyning \u00abFasuli arbaa\u00bb to\u2018plamiga 4 qasidasi kiritilgan bo\u2018lib, ulardan \u00abBahor\u00bb 57 baytdan, \u00abSaraton\u00bb 71 baytdan, \u00abXazon\u00bb 33 baytdan, \u00abDay\u00bb 70 baytdan iborat. Ularda yilning 4 fasli \u2014 bahor, yoz, kuz va qish, bu fasllardan har birining o\u2018ziga xos go\u2018zalligi zavq bilan tasvirlangan va to\u2018rttalovi ham zamon podshohi \u2014 Sulton Husayn Boyqaroni podshoh va shaxs, yaxshi dust va yaxshi inson sifatida vasf etishga bag\u2018ishlangan. Umuman, Alisher Navoiy o\u2018zining forsiy tildagi asarlari bilan zamondoshlarining, birinchi navbatda, Jomiyning yuqori tahsiniga sazovor bo\u2018lgan va fors-tojik adabiyoti, xususan she\u2019riyati rivojiga munosib hissasini qo\u2018sha olgan. Alisher Navoiy shoir bo\u2018lish bilan birga o\u2018z davrining ulug\u2018 olimi, mutafakkiri ham edi. Navoiysiz bu davr fani va madaniyati taraqqiyotini tasavvur etish qiyin. Alisher Navoiy ilmiy tadqiqotlari va izlanishlarining katta qismi, tabiiyki, til va adabiyot masalalari bilan bog\u2018langan. Shu ma\u2019noda \u00abMajolis un-nafois\u00bb tazkirasini yaratish bilan Alisher Navoiy o\u2018z davri adabiyotiga, uning ijodkorlariga o\u2018ziga xos haykal o\u2018rnatdi. Unda o\u2018zbek va forsiy tillarda ijod qilgan 359 shoirning hayoti va yozgan asarlari haqida noyob ma\u2019lumotlar berilgan, bu ijodkorlarning yutuklari va kamchiliklari, o\u2018ziga xos xususiyatlari ko\u2018rsatilgan. Alisher Navoiyning \u00abXamsat ul-mutahayyirin\u00bb, \u00abHoloti Sayyid Hasan Ardasher\u00bb, \u00abHoloti Pahlavon Muhammad\u00bb asarlari \u00abMajolis un-nafois\u00bbning davomiday bo\u2018lib, bu davr adabiyoti, fani va madaniyatining yirik namoyandalari hayotini o\u2018rganishda eng qimmatli manbalardir. Bu asarlar badiiy-tasavvuf adabiyotining manoqib (yoki manqaba) janriga tegishli bo\u2018lib, uslubining samimiyligi bilan ajralib turadi. Alisher Navoiyning katta adabiy va tarixiy ahamiyatga ega \u00abMunshaot\u00bb asari uning turkiy tilda o\u2018z zamondoshlari \u2014 podshohlar va shahzodalar, ilm va adabiyot axdlari bilan olib borgan yozishmalari majmuidan iborat, maktub janrining mukammal namunalari sanaladi. Maktublarning miqdori turli qo\u2018lyozmalarda turlicha, bir-birini to\u2018ldiradi. Alisher Navoiy o\u2018zining forsiy maktublarini ham yig\u2018ib, \u00abMunshaot\u00bb tuzgan. Biroq u bizgacha yetib kelmagan. Alisher Navoiyning eng muhim asarlaridan biri \u00abVaqfiya\u00bb bo\u2018lib, bir qarashda, shoir va buyuk davlat arbobining o\u2018zi qurgan imoratlariga vaqfi, ya\u2019ni rasmiy hujjatidek ko\u2018rinsa ham, aslida unda Sulton Husayn Boyqaro davri davlat tizimi, Alisher Navoiyning bu davlatni boshqarishdagi o\u2018rni, uning tarjimai holi, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy qarashlari katta bilimdonlik va aniqlik bilan yoritilgan. Shuning uchun ham navoiyshunoslikda bu asarga Alisher Navoiy nasrining ajoyib namunasi sifatida qaraladi. Muallif fikrlarining ba\u2019zilarini she\u2019r bilan, xususan ruboiy shaklida bayon qilishi uning qaysi masalaga qo\u2018l urmasin, o\u2018zini she\u2019riyatdan hech uzoq turmaganini, doim she\u2019riyat bilan nafas olganini namoyon etadi. Alisher Navoiyning adabiyot nazariyasiga oid \u00abMufradot\u00bb (\u00abRisolai muammo\u00bb) asari forsiy tilda yozilgan, muammo yozish va yechish qoidalarini ilmiy izohlashga bag\u2018ishlangan. Navoiy davrida bu she\u2019r turi nihoyatda keng iste\u2019molda bo\u2018lgan. Aftidan, bu janr nazariyasi va amaliyoti shu davr kitobxonlarining adabiy didi, tarbiyasi bilan ham bog\u2018langan edi. Alisher Navoiy ba\u2019zan maxsus muammo yechish majlislari tashkil etgan. Alisher Navoiyning \u00abMezon ul-avzon\u00bb (\u00abVaznlar o\u2018lchovi\u00bb) va \u00abMuhokamat ul-lug\u2018atayn\u00bb (\u00abIkki til muhokamasi\u00bb yoki \u00abIkki til tadqiqi\u00bb) asarlari boshqa ilmiy tadqiqotlaridan farqli o\u2018laroq umumturkiy ahamiyatga ega va boshqa turkiy xalqlarning she\u2019riyati va tillarini o\u2018rganishga ham xizmat qilib kelmoqda. Alisher Navoiy \u00abMezon ul-avzon\u00bbni aruzning birinchi tadqiqotchisi Xalil ibn Ahmad, keyingi davr olimlaridan Shams Qays, Xoja Nasriddin Tusiy, zamonaviy tadqiqotchilardan Jomiy tajribalaridan ijodiy istifoda etib yaratgan. Aruz vazni bo\u2018yicha o\u2018zbek tilidagi bu birinchi ilmiy qo\u2018llanmada uning asosiy ruknlari va boshqa unsurlari, 19 bahrining tuzilishi, ruboiy vaznlarini aniq ta\u2019riflab, turkiy she\u2019riy misollar opqali asoslab, izohlab berilgan. Asarda aruz vazniga tushmaydigan she\u2019riy vaznlar \u2014 tuyuq, chinga, mustazod, aruzvoriy, budi-budoyi va boshqa turkiy she\u2019riy vaznlarga ham izoh va talqinlar berilgan. Bu asar aruz bo\u2018yicha bugungi kunda ham o\u2018z ilmiy qimmati va amaliy ahamiyatini yo\u2018qotmagan. \u00abMuhokamat ul-lug\u2018atayn\u00bbda turkiy tilning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotdagi o\u2018rni, uning grammatik mukammalligi, so\u2018zlarga boyligi forsiy til qoidalari va hodisalariga qiyoslangan holda chuqur va aniq misollar orqali tahlil etilgan. Alisher Navoiy o\u2018zining bu tilni, uning jamiyat taraqqiyotidagi o\u2018rnini, so\u2018z va iboralarga boyligini shoir sifatida chuqur egallagani uchun, uning boshqa tillardan kamlik joyi yo\u2018qligini, aksincha, ularga nisbatan o\u2018ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini vatanparvar olim sifatida ehtiros bilan ko\u2018rsatib, isbotlab bergan. Uning muqoyasa uchun keltirgan 100 ta turkiy fe\u2019lining aksari o\u2018zbek tilida hozirgacha iste\u2019molda. Shu bilan birga \u00abMuhokamat ul-lug\u2018atayn\u00bbda o\u2018zbek adabiyoti tarixi, uning boshqa adabiyotlar, xususan forsiy adabiyot bilan yaqindan bog\u2018langanligi, Navoiy ijodining rivojlanish yullari, ayrim asarlarining yuzaga kelishi sabablari haqida ham qimmatli ma\u2019lumotlar bor. Alisher Navoiy hayotining oxirlarida \u00abMahbub ul-qulub\u00bb nasriy asarini yezdi. Asar 3 qismdan iborat. Uning birinchi qismi 40 fasl. Har bir faslida muallif o\u2018zi yashagan davrdagi bir tabaqa hayoti, axloqi va vazifalari haqida suhbat yuritadi. U ushbu tabaqa vakillarining yaxshi ishlari haqida ham, ayb va nuqsonlari haqida ham goh halimlik bilan, goh g\u2018azab-nafrat bilan mulohaza yuritib, ularni insofga chaqirmoqchi, tarbiyalamoqchi bo\u2018ladi. Asarda Alisher Navoiyning inson axloqiga va tarbiyasiga doir eng noyob pand va nasihatlari xalq maqollari va hikmatli so\u2018zlari shaklida bayon qilingan. Ko\u2018p o\u2018rinda shoir o\u2018z fikrlarini bayt, qita, masnaviy, ruboiy shaklida ifodalashi asarga rang-baranglilik bag\u2018ishlagan. \u00abTarixi muluki Ajam\u00bb va \u00abTarixi anbiyo va hukamo\u00bb Alisher Navoiy Sulton Husayn Boyqaro davri ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag\u2018ishlab yozmoqchi bo\u2018lgan asarining boshlang\u2018ich bo\u2018laklaridir. Alisher Navoiy \u00abTarixi muluki Ajam\u00bbda qadimgi Eron podshohlari, ularning tarixda muhrlanib qolgan ishlari va shaxsiyatlari to\u2018g\u2018risida hikoya qiladi. Bundagi ma\u2019lumotlarni Navoiy ko\u2018proq Abulqosim Firdavsiyning \u00abShohnoma\u00bb dostonidan hamda \u00abTarixi Tabariy\u00bb kitobidan olgan. Alisher Navoiyning \u00abTarixi anbiyo va hukamo\u00bb asari esa islom dini tarixi bilan bog\u2018liq rivoyatlar va adabiy asarlarni, xususan bir qator payg\u2018ambarlar hayotini Buqrot (Gippokrat), Aflotun (Platon), Batlimus (Ptolemey) kabi donishmandlarni bilib olish uchun muhim manbadir. Ayni vaqtda Alisher Navoiyning bu asarlari o\u2018zbek badiiy nasrining qadimiy va go\u2018zal namunalaridir. Alisher Navoiy o\u2018zidan boy she\u2019riy, nasriy va ilmiy meros qoldirgan bo\u2018lib, bu merosning hajmi, \u00abLison ut-tayr\u00bb dostonida shoirning o\u2018zi ta\u2019kidlashicha, 100 ming baytdan iboratdir. Bu boy meros bilan Alisher Navoiy o\u2018zbek adabiyotini jahon yuksakligiga ko\u2018tardi va o\u2018zbek adabiy tiliga asos soldi. O\u2018zbek adabiyotida lirik janrlar va dostonchilikning eng yuqori taraqqiyoti Alisher Navoiy nomi bilan bog\u2018langandir. Alisher Navoiy asarlari o\u2018nlab xalqlarning tillariga tarjima bo\u2018lgan. Macalan, \u00abMajolis un-nafois\u00bb 16-asrdayoq fors tiliga Faxriy bin Sulton Muhammad Amiriy, Muhammad Qazviniy va Shohali Abduali Nishopuriy tomonidan 3 marta tarjima qilingan. Alisher Navoiyning boshqa tillarga tarjima qilingan dastlabki badiiy asari \u00abSab\u2019ai sayyor\u00bb bo\u2018ldi. Xristofor Armaniyning 1557 yilda italyan tilida nashr etilgan \u00abSarandib shohi uch o\u2018g\u2018lonining ziyorati\u00bb asarida Alisher Navoiyning \u00abSab\u2019ai sayyor\u00bb dostonidagi qoliplovchi hikoyasi \u2014 \u00abBahrom va Dilorom\u00bb hikoya qilinadi. Bu asar nemis, frantsuz va golland tillariga tarjima qilinib, 11 marta nashr etilgan. Shuningdek, 17-asr Gruzin shoiri Sitsishvili Alisher Navoiyning \u00abSab\u2019ai sayyor\u00bb dostonini erkin tarjima qilib, \u00abYetti go\u2018zal\u00bb dostonini yaratdi. 19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida Alisher Navoiyning \u00abMuhokamat ul-lug\u2018atayn\u00bb asari turk va tatar tillariga tarjima qilindi. Alisher Navoiy vafot etganidan keyin o\u2018tgan davr mobaynida uning asarlari forsiy va turkiy xalqlar orasida keng yoyildi. Atoqli tojik shoirlarining ko\u2018pchiligi, Fuzuliy, Kishvariy, Mirzo Fatali Oxundov, Sobir kabi ozarbayjon yozuvchilari, Ozodiy, Mahtumquli va Zelili kabi turkman shoirlari, qozoq yozuvchisi Abay Qo\u2018nonboev, qoralpoq sohibqalamlari Berdaq, Ajiniyoz, tatar shoirlari Abdulla To\u2018qay, Hayum Nosiriy va boshqa Alisher Navoiyga yuksak baho berib, asarlaridan ta\u2019lim oldilar, ayrim asarlariga nazira bitdilar. Alisher Navoiy ijodiyotiga qiziqish, uni o\u2018rganish Yevropa va Rossiyada ham hiyla katta tarixga ega. Frantsuz sharqshunosi Katrmer 1841 yilda bosilgan xrestomatiyasida Alisher Navoiyning \u00abMuhokamat ul-lug\u2018atayn\u00bb va \u00abTarixi muluki Ajam\u00bbini e\u2019lon qilgan, I.N. Berezin \u00abTurk xrestomatiyasi\u00bbda uning bir necha asarlaridan parchalar bergan. M. Nikitskiy 1856 yilda birinchi manbalar asosida \u00abAmir Nizomiddin Alisher. Uning davlat va adabiyot sohasidagi ahamiyati\u00bb mavzuida magistrlik dissertatsiyasini yozadi. Shu bilan birga, N.I. Il\u2019minskiy, V.V. Velyaminov-Zernov, V.V. Bartold, Ye.E. Bertels, S.N. Ivanov, N.I. Konrad, M. Belen, Pave de Kurteyl, E. Braun va boshqa sharqshunoslar Alisher Navoiyning faoliyati va merosi bilan shug\u2018ullandilar. Turkistonda 20-asr boshidan boshlangan, tashabbuskori jadidlar bo\u2018lgan ma\u2019rifiy uyg\u2018onish Alisher Navoiyning hayoti va faoliyatini o\u2018rganishda ham o\u2018z ifodasini topdi. 1919 yilda Toshkentda Fitrat nashrga tayyorlagan \u00abInsoniyat haqinda Navoiyning fikri\u00bb nomli risola bosilib chiqdi. Bu kitobcha Alisher Navoiyning \u00abHayrat ul-abror\u00bb dostonining \u00abSalotin bobida\u00bb (\u00abSultonlar haqida\u00bb) degan qismidan parcha edi. Shundan so\u2018ng Alisher Navoiy ijodini o\u2018rganish va ommalashtirish keng tus oldi. Adabiyotshunoslik fanining navoiyshunoslik sohasi yuzaga keldi. Bu sohada olimlar va adiblardan Oybek, O. Sharafiddinov, S. Ayniy, V. Zohidov, Izzat Sulton, A. Qayumov, P. Shamsiev, H. Sulaymonov, N. Mamaev, S. G\u2018anieva, A. Hayitmetov, A. Abdug\u2018afurov, A. Rustamov va boshqa salmoqli ishlar qildilar, Alisher Navoiy ijodi bo\u2018yicha o\u2018nlab nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yozildi. Yozuvchi Oybek \u00abNavoiy\u00bb romanini, Izzat Sulton \u00abNavoiyning qalb daftari\u00bb hujjatli qissasini, L. Bat \u00abHayot bo\u2018stoni\u00bb qissasini, Mirkarim Osim hikoyalar turkumini yaratdi. Ayniqsa, keyingi 50 yil navoiyshunoslikda sermahsul yillar bo\u2018ldi. Alisher Navoiy asarlarining mamlakatimiz kitob fondlari va chet ellardagi kutubxonalarda saqlanayotgan deyarli barcha nodir nusxalari o\u2018rganildi. Alisher Navoiyning ko\u2018pgina asarlarining ilmiy tanqidiy matni ishlab chiqildi. \u00abDevoni Foniy\u00bb va boshqa asarlarining nodir nusxalari topilib, nashr etildi. 20-asrda Alisher Navoiyning chinakam sahnaviy hayoti boshlandi. Izzat Sulton va Uyg\u2018un \u00abAlisher Navoiy\u00bb dramasini (1945, 1948), I. Mahsumov bastakorlar Yu. Rajabiy va S. Jalil bilan hamkorlikda \u00abNavoiy Astrobodda\u00bb musiqali dramasini (1967) yozdilar. Alisher Navoiy obrazi kinoekranda ham mujassamlashdi. Alisher Navoiy dostonlari asosida yaratilgan \u00abFarhod va Shirin\u00bb musiqali dramasi (1937), \u00abLayli va Majnun\u00bb operasi (1942), \u00abSuhayl va Mehri\u00bb baleti (1967), \u00abDilorom\u00bb operasi (1958), \u00abIskandar\u00bb dramasi (1991) teatr san\u2019atining eng yaxshi asarlaridan bo\u2018lib qoldi. Biroq qariyb bir yarim asr davom etgan mustamlakachilik davrida, ayniqsa sho\u2018ro tuzumi davrida madaniy merosimizni xalqimizga yot mafkura qolipiga solib talqin qilishga urinishlar bo\u2018ldi. Bu hodisa Alisher Navoiy ijodiga munosabatda ham o\u2018z ifodasini topdi. Uni yo\u2018qsillarning do\u2018sti, mulkdorlarning muxolifi qilib ta\u2019riflashga intilishdi. Jahon adabiyotining durdonasi bo\u2018lgan asarlaridagi (masalan, \u00abHayrat ul-abror\u00bb dostonidagi) ajoyib boblar qisqartirib nashr etildi. Alisher Navoiy ning hayoti va ijodi Allohga imon keltirgan, Qur\u2019oni karimdagi har bir oyatni muqaddas deb bilgan, naqshbandiya tariqatini qabul qilgan adib va mutafakkirning hayoti va ijodidir. Uning ijodi mohiyatini anglab yetmoq uchun din tarixini yaxshi bilgan, Qur\u2019oni karimni o\u2018qib, ma\u2019nosini anglab yetgan kishi bo\u2018lish kerak. Sho\u2018ro tuzumida esa diniy ilmlarni targ\u2018ib qilish ta\u2019qiqlandi. Shu bois, garchi navoiyshunos olimlar shoir ijodini targ\u2018ib qilish bo\u2018yicha ancha ishlar qilgan bo\u2018lsalar ham, Alisher Navoiy ijodi ko\u2018pchilik kitobxonlar uchun tushunarsiz bo\u2018lib qoldi. Mustaqillik bizga barcha qadriyatlarimiz qatori Alisher Navoiy merosini o\u2018rganishning keng ufqlarini ochdi. Endilikda uning ijodini aslicha, mohiyatini tushunib o\u2018rganish imkoniyati yuzaga keldi. 1991 yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi tantanali nishonlandi. Alisher Navoiy nomidagi O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta\u2019sis etildi. Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi O\u2018zbekiston Milliy bog\u2018i barpo etildi va bu bog\u2018 o\u2018rtasida shoirning salobatli haykali qad ko\u2018tardi. Shoirning 20 jildli mukammal asarlar to\u2018plami nashr etildi. Mamlakatimizda Alisher Navoiy xotirasi yuksak darajada e\u2019zozlanadi. Bir viloyat, shahar, oliy o\u2018quv yurti (Samarqand davlat universiteti), Toshkentdagi Davlat kutubxonasi, O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti, Adabiyot muzeyi, Toshkentdagi Katta akademik opera va balet teatri, San\u2019at saroyi, Toshkentdagi metro bekati, o\u2018nlab ko\u2018chalar va jamoa xo\u2018jaliklari uning nomi bilan atalgan. Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag\u2018ishlab haykaltaroshlar, rassomlar va bastakorlar asarlar yaratishgan. Har yili Alisher Navoiy tug\u2018ilgan kun \u2013 9 fevralda ilmiy-an\u2019naviy konferentsiya o\u2018tkazilib, Alisher Navoiy merosini o\u2018rganish sohasida qilingan yillik ishlarga yakun yasaladi.\u00a0 ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODINING QISQACHA SOLNOMASI: 1. 1441 yil 9 fevral \u2014 Alisher Navoiy tavallud topgan sana. 2. Hirot \u2014 Alisher Navoiy tavallud topgan shahar. Xuroson davlatining poytaxti. 3. G\u2018iyosiddin Bahodir (Kichkina) \u2014 Alisher Navoiyning otasi, Temuriylar xonadoniga yaqin amaldorlardan. 4. Onasining ismi hech bir tarixiy manbalarda uchramaydi. Ammo, otasi va onasi o\u2018z davrining ma\u2019rifatli kishilaridan bo\u2018lgan, Temuriylar saroyida xizmat qilgan: Otam bu ostonning xokbezi, Onam ham bu sara bo\u2018ston kanizi (\u201cBadoyiul-bidoya\u201d). 5. Mirsaid Qobuliy, Muhammad Ali G\u2018aribiy \u2014 Alisher Navoiyning tog\u2018alari, o\u2018z davrining ma\u2019rifatli kishilari, shoirlari. 6. 1445 yil. 4 yoshli Alisher Navoiy oliy nasab oilalarning farzandlari ta\u2019lim oladigan maktabga boradi, shu paytdan yozish, o\u2018qishni o\u2018rganadi. 7. Qur\u2019oni karim, Sa\u2019diy Sheroziyning \u201cBo\u2018ston\u201d, \u201cGuliston\u201d, Farididdin Attorning \u201cMantiq ut-tayr\u201d dostonlari \u2014\u00a0 Alisher Navoiyning ilk marotaba o\u2018qigan kitoblari, \u201cMantiq ut-tayr\u201dni to\u2018liq yod olgan. 8. Husayn Boyqaro \u2014 Alisher Navoiyning maktabdosh do\u2018sti, keyinchalik (1469-1506) Xuroson davlati hukmdori.\u00a0 9. 1447 yil. Navoiylar oilasi Iroqqa ko\u2018chib ketadi. Iroqning Taft shahrida mashhur tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy va yosh Alisher Navoiyning tarixiy uchrashuvi yuz beradi. Alloma yosh Alisherni \u2014 \u201cUmring uzoq, boshing omon bo\u2018lsin. Olim, fozil bo\u2018lib, yaxshi obro\u2018ga erishgaysan\u201d, \u2013 deb bashoratomuz duo qiladi.\u00a0 10. 1450 yil. Navoiylar oilasi yana Hirotga qaytadi. Otasi G\u2018iyosiddin Bahodir Sabzavor viloyati hokimi etib tayinlanadi.\u00a0 11. 1452 yil. Navoiylar oilasi Hirotga qaytib keldi. 12. Xoja Yusuf Burhon \u2014 o\u2018z zamonasining mashhur musiqashunosi. Alisher Navoiyga musiqa sirlarini o\u2018rgatgan ilk ustozlardan.\u00a0 13. Mirshohiy \u2014 Alisher Navoiy 10-12 yoshlarida bu keksa shoir bilan she\u2019riy yozishmalar qilib turgan.\u00a0 14. Lutfiy \u2014 Alisher Navoiyning ustozi,\u00a0 \u201cOrazin yopg\u2018och ko\u2018zumdin sochilur har lahza yosh, Bo\u2018ylakim, paydo bo\u2018lur yulduz nihon bo\u2018lg\u2018och quyosh\u201d, deb boshlanadigan yosh Alisher Navoiy g\u2018azaliga, agar iloji bo\u2018lsa, o\u2018zining o\u2018n-o\u2018n ikki ming turkiy va forsiyda yozgan she\u2019rlarini almashtirmoqchi bo\u2018lgan shoir. 15. \u201cNavoiy\u201d (\u201cNavo\u201d so\u2018zidan) \u2014 o\u2018zbek tilidagi she\u2019rlari taxallusi. \u201cFoniy\u201d (\u201cFano\u201d so\u2018zidan) \u2014\u00a0 Alisher Navoiyning fors-tojik tilidagi she\u2019rlari va\u00a0 \u201cLison ut-tayr\u201d dostonida qo\u2018llagan taxallusi. 16. 1457 yil. Alisher Navoiy 16 yoshida otasi G\u2018iyosiddin Kichkina vafot etadi. Shu yil Abulqosim Bobur xizmatiga kiradi. Mashhad shahrida o\u2018qishni davom ettiradi. Sayyid Hasan Ardasher, Komil Turbatiy singari mashhur shoirlar bilan tanishadi, yaqindan do\u2018stlashadi.\u00a0 17. 1459 yil. Temuriylardan Abusaid Xuroson taxtini egallaydi, Alisher Navoiy va uning yaqin qarindoshlari ta\u2019qibga uchraydi, xususan, tog\u2018alari Mir Sayid (taxallusi Kobuliy) va Muhammad Ali (taxallusi G\u2018aribiy)lar qatl qilinadi.\u00a0 18. 1465 yil. Alisher Navoiy Samarqandga keladi, Movaraunnahrning ijtimoiy-siyosiy, jug\u2018rofiy holati bilan tanishadi.\u00a0 19.Fazlulloh Abulays Samarqandiy, Aloyi Shoshiy \u2014\u00a0 Alisher Navoiyga Samarqandda tahsil bergan mashhur olimlar. 20.Mirzo hoji So\u2018g\u2018diy, Sayyid Qutb Samarqandiy, Yusuf Safoiy, Shayxim Suhayliy \u2014 Alisher Navoiy tanishgan va muloqotda bo\u2018lgan samarqandlik shoirlar. 20.1469 yil. Hirot taxtini Sulton Husayn Boyqaro egallaydi, Alisher Navoiy Hirotga qaytadi, muhrdor lavozimiga tayinlanadi, keyinchalik amirlik (1472 yilda) martabasiga ko\u2018tariladi.\u00a0 21.1476 yil. Alisher Navoiy \u2014 buyuk mutafakkir, shoir Abdurahmon Jomiy bilan uchrashadi, uni o\u2018ziga ustoz va pir deb biladi.\u00a0 22.XV asrning 70-yillari o\u2018rtalarida o\u2018zining birinchi devoni \u2014 \u201cBadoyi\u2019 ul-bidoya\u201dni tuzdi.\u00a0 23.1476-1483 yillar orasida ikkinchi devoni \u2014 \u201cNavodir un-nihoya\u201d yaratildi. 24.1483-1485 yillar o\u2018zining 51 ming 230 misradan iborat mashhur \u201cXamsa\u201dsini yaratdi.\u00a0 25.1487 yil. Alisher Navoiy Astrobod viloyati hokimi etib tayinlandi.\u00a0 26.1482-1489 yillar orasida o\u2018zining \u201cVaqfiya\u201d, \u201cTarixi anbiyo va hukamo\u201d, \u201cTarixi muluki Ajam\u201d singari asarlarini yozdi.\u00a0 27.1490 yil. \u201cHolati Sayyid Hasan Ardasher\u201d asari yaratildi.\u00a0 28. 1491 yil. \u201cRisolai muammo\u201d asarini va \u201cMajolis un-nafois\u201dni yozib tugalladi va keyinchalik qayta to\u2018ldirdi. 29.1492-1494 yillar oralig\u2018ida Abdurahmon Jomiy haqida \u201cXamsat ul-mutahayyirin\u201d (\u201cBesh hayrat\u201d) asarini yaratdi.\u00a0 30.1492-1498 yillar oralig\u2018ida \u201cMunshaot\u201d, \u201cMezon ul-avzon\u201d (\u201cVaznlar o\u2018lchovi\u201d), \u201cHolati Pahlavon Muhammad\u201d, \u201cNasoyim ul-muhabbat\u201d (\u201cMuhabbat shabadasi\u201d) asarlarini yozib tugatdi.\u00a0 31.1491-1498 yillar orasida \u201cXazoyin ul-maoniy\u201d (\u201cMa\u2019nolar xazinasi\u201d), \u201cDevoni Foniy\u201dni tuzdi.\u00a0 32.1498-1499 yillarda \u201cLison ut-tayr\u201d falsafiy dostonini, \u201cMuhokamat ul-lug\u2018atayn\u201d (\u201cIkki til haqida muhokama\u201d)ni yozdi.\u00a0 33.1500 yil so\u2018nggi yirik asari \u2014 \u201cMahbub ul-qulub\u201d (\u201cKo\u2018ngillarning sevgani\u201d) asarini yozdi.\u00a0 34.1501 yil 3 yanvarda Alisher Navoiy vafot etdi.<br \/>\nManba https:\/\/tafakkur.net\/alisher-navoiy.haqida<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher.\u00a0U\u00a0Hirotda\u00a0tug\u02bbilib, shu yerda umrining asosiy qismini o\u02bbtkazgan. Navoiyning otasi G\u2018iyosiddin Bahodir\u00a0temuriylar\u00a0xonadoniga yaqin bo\u02bblgan. She\u02bcr zavqi va iste\u02bcdodi erta uyg\u02bbongan. Bolalikdayoq\u00a0Farididdin Attorning\u00a0\u201eMantiqut-tayr\u201c\u00a0asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono\u00a0Lutfiy\u00a0yosh shoir iste\u02bcdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e\u02bctirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta\u02bclim olgan,\u00a0Abdurahmon Jomiy\u00a0bilan ijodiy hamkorlikda bo\u02bblgan. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":11,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-55937","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-uncategorized"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55937","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/11"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55937"}],"version-history":[{"count":23,"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55937\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":56024,"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55937\/revisions\/56024"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55937"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55937"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/tsuos.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55937"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}