Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

«Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi VM-304-son qarorga oʻzgartirish kiritish haqida

16.06.2025, 11:06 E'lonlar 311

«Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi VM-304-son qarorga oʻzgartirish kiritish haqida Vazirlar Mahkamasi qarorining 362-son Qarori 1-ilova. 6-7 betlar. https://lex.uz/uz/pdfs/7571945

Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan doktorantlar Kollegial organ qarori bilan tayanch doktorantura yoki doktoranturadan chetlatiladi va o‘qishga qayta tiklanmaydi.

Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga nisbatan Kollegial organ qarori bilan rahbarlik va maslahat uchun to‘lanadigan haq to‘xtatiladi hamda rahbarlar va konsultantlar bir yil muddatga ilmiy rahbarlik qilishdan chetlashtiriladi.

Monitoring natijalariga ko’ra tegishli ixtisoslik bo’yicha dissertatsiyalarni belgilangan muddatlarda himoya qilmagan izlanuvchilar (ketma-ket uch nafar va undan ortiq) aniqlanganda, ushbu ixtisoslik bo’yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutining faoliyati OTFIVining qaroriga muvofiq har yili mart oyida to’xtatiladi.