Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU delegatsiyasining Lanjou universitetidagi ilmiy ma’ruzalari: ikki tomonlama xalqaro hamkorlik

10.05.2025, 15:28 Yangiliklar 121

2025-yil 8-may kuni TDSHU vakillari Lanjou universitetining qadimgi Xitoy va Markaziy Osiyo xalqlari tarixi mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan magistrantlari hamda shu sohada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan doktorantlarga ma’ruzalar o‘qishdi.

photo_2025-05-10_14-34-10

 

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori s.f.d., prof. N.Abdullayev talabalarga “O‘zbekistonda sharqshunos kadrlarning tayyorlanishi” mavzusida ma’ruza qilib, O‘zbekistonda sharqshunoslik sohasining shakllanishi va rivojlanishi tarixi, mazkur yo‘nalishda kadrlarning tayyorlanishi borasida atroflicha so‘zlab berdi.

photo_2025-05-10_14-34-34

“Xitoyshunoslik” Oliy maktabi boshlig‘i PhD., dots. F.Xasanova Lanjou universiteti magistrantlari va doktorantlariga “O‘zbekistonlik xitoyshunos olimlarning Dunxuan tarixiga oid tadqiqotlari” mavzusidagi ma’ruzasida Buyuk Ipak yo‘li chorrahasi va Xitoyning qadimdan savdo karvonlari darvozasi bo‘lgan Dunxuan shahri nafaqat iqtisodiy almashinuv, balki ilmiy, madaniy va ma’rifiy maskani bo‘lganligini e’tirof etdi.

photo_2025-05-10_14-35-04

TDSHU Talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Q.Imomnazarov “Markaziy Osiyo olimlari tadqiqotlarida Dunxuan obidalarining o‘rganilishi” nomli ma’ruzasida qadimgi Markaziy Osiyo shaharlari va Xitoyning g‘arbiy o‘lkalari haqidagi tarixiy, madaniy va savdo munosabatlarning rivojlanganligini ta’kidlab o‘tdi.

photo_2025-05-10_14-34-20

TDSHU vakillarining Lanjou universitetida ma’ruzalar o‘qishi “Dunxuan madaniyati dunyoga” mavzusida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida amalga oshirilayotgan xalqaro ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida tashkil etildi. Xitoylik tadqiqotchilar o‘zbekistonlik olimlarning ma’ruzalarini katta qiziqish bilan qabul qildilar.

photo_2025-05-10_14-34-47 photo_2025-05-10_14-35-13