Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Chet ellik talabalar uchun

ON-LINE QABUL

MA’LUMOT

VIDEO

2023/2024-O‘QUV YILIDA TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI BAKALAVRIATINING KUNDUZGI TA’LIM SHAKLI BO‘YICHA O‘QISHGA QABUL QILISH PARAMETRLARINING TA’LIM YO‘NALISHLARI VA O‘QITISH TILLARI BO‘YICHA TAQSIMLANISHI

 

Shifr Ta’lim yo‘nalishi Ta’lim tili
O‘zbek tili Rus tili
60220300 Tarix: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi: arab tili +  
60220300 Tarix: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi: xitoy tili +  
60220300 Tarix: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi: fors tili (manbashunoslik) +  
60220300 Tarix: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi: arab tili (manbashunoslik) +  
60220300 Tarix: Eron tarixi +  
60220300 Tarix: Afg‘oniston tarixi +  
60220300 Tarix: Turkiya tarixi +  
60220300 Tarix: Koreya tarixi + +
60220300 Tarix: Yaponiya tarixi + +
60220500 Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati): xitoy tili +  
60220500 Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati): koreys tili +  
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili + +
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: fors tili + +
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: dariy tili +  
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: hind tili +  
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: urdu tili +  
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: indonez tili +  
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: malay tili +  
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili + +
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili + +
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili + +
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili + +
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: uyg‘ur tili +  
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: mumtoz sharq tillari: fors tili +  
60230200 Tarjima nazariyasi va amaliyoti: koreys tili +  
60230200 Tarjima nazariyasi va amaliyoti: turk tili +  
60230300 Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik:arab tili +  
60230300 Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: fors tili +  
60230500 Antropologiya va etnologiya:  fors tili +  
60230500 Antropologiya va etnologiya: dariy tili +  
60310800 Xalqaro munosabatlar: xitoy tili + +
60310800 Xalqaro munosabatlar: arab tili +  
60310800 Xalqaro munosabatlar: koreys tili +  
60310800 Xalqaro munosabatlar: Yapon tili   +
60320100 Jurnalistika: xalqaro jurnalistika: indonez tili +  
60320100 Jurnalistika: xalqaro jurnalistika: malay tili +  
60411800 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Malayziya +  
60411800 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Koreya + +
60411800 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Arab mamlakatlari   +
60411800 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Turkiya   +
60411800 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Xitoy   +
60411800 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Yaponiya   +
60411900 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha):  koreys tili +  
60411900 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha): hind tili +  
60411900 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha):  urdu tili +  
60411900 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha):  turk tili   +
60411900 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha):  Yapon tili   +
61010400 Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha): vyetnam tili +  
61010400 Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha): malay tili +  
61010400 Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha): Turk tili   +
61010500 Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: malay tili +  
61010500 Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: urdu tili +  

 

 

 

2023/2024-O‘QUV YILIDA TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI BAKALAVRIATINING KECHKI TA’LIM SHAKLI BO‘YICHA O‘QISHGA QABUL QILISH PARAMETRLARINING TA’LIM YO‘NALISHLARI VA O‘QITISH TILLARI BO‘YICHA TAQSIMLANISHI

 

 

Shifr Ta’lim yo‘nalishi Ta’lim tili
O‘zbek tili Rus tili
60220300 Tarix: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi: Fors tili +
60220300 Tarix: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi: Arab tili +
60220300 Tarix: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi: Xitoy tili +
60220300 Tarix: Turkiya tarixi +
60220300 Tarix: Pokiston tarixi +
60220300 Tarix: Hindiston tarixi +
60230100 Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati): Yapon tili +
60230100 Falsafa(sharq falsafasi va madaniyati):Xitoy tili +
60310800 Xalqaro munosabatlar: Turk tili +
60310800 Xalqaro munosabatlar: Urdu tili +
60411800 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Arab mamlakatlari +
60411800 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Xitoy +
60411900 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha): Arab tili +
60411900 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha): Yapon tili +
61010400 Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha):

Yapon tili

+
61010400 Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha):

Hind tili

+

 

 

2023/2024-O‘QUV YILIDA TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI  BAKALAVRIATINING SIRTQI TA’LIM SHAKLI BO‘YICHA  O‘QISHGA QABUL QILISH PARAMETRLARINING TA’LIM YO‘NALISHLARI VA O‘QITISH TILLARI BO‘YICHA TAQSIMLANISHI

 

Shifr Ta’lim yo‘nalishi Ta’lim tili
O‘zbek tili Rus tili
60220309 Tarix: Turkiya tarixi + +
60220309 Tarix: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi:

o‘rgatiladigan sharq tili – turk tili

+ +
60220509 Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati):

o‘rgatiladigan sharq tili – turk tili

+ +
60310809 Xalqaro munosabatlar: turk tili + +
60411809 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Turkiya + +
60411909 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha): o‘rgatiladigan sharq tili – turk tili + +
61010409 Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha): o‘rgatiladigan sharq tili – turk tili + +

 

 

 

2023/2024-O‘QUV YILIDA TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIMAGISTRATURASI BO‘YIChA O‘QISHGA QABUL QILISh PARAMETRLARINING MUTAXASSISLIKLAR VA O‘QITISH TILLARI BO‘YICHA
TAQSIMLANISHI

 

 

Shifr Mutaxassisliklar Ta’lim tili
O‘zbek tili Rus tili
70220301 Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) + +
70220303 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (mamlakatlar bo‘yicha) + +
70220502 Sharq falsafasi va madaniyati +  
70220503 Tasavvuf germenevtikasi +  
70230101 Lingvistika: arab tili + +
70230101 Lingvistika: dariy tili +  
70230101 Lingvistika: koreys tili + +
70230101 Lingvistika: turk tili + +
70230101 Lingvistika: urdu tili +  
70230101 Lingvistika: fors tili + +
70230101 Lingvistika: xitoy tili +  
70230101 Lingvistika: hind tili + +
70230101 Lingvistika: yapon tili +  
70230101 Lingvistika: malay tili +  
70230102 Mumtoz filologiya (turlari bo‘yicha) +  
70230104 Adabiyotshunoslik (arab tili) +  
70230104 Adabiyotshunoslik (turk tili) +  
70230104 Adabiyotshunoslik (fors tili) +  
70230104 Adabiyotshunoslik (hind tili) +  
70230104 Adabiyotshunoslik (dariy tili) +  
70230104 Adabiyotshunoslik (koreys tili) +  
70230201 Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: fors tili +  
70230201 Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: yapon tili +  
70230201 Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: turk tili   +
70230202 Sinxron tarjima: turk tili +  
70230202 Sinxron tarjima: xitoy tili +  
70230202 Sinxron tarjima: yapon tili +  
70230301 Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: arab va fors tillari +  
70230501 Etnografiya, etnologiya va antropologiya +  
70310802 Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati + +
70411801 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Eron +  
70411801 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Xitoy +  
70411801 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Koreya + +
70411801 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Yaponiya   +
70411801 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Arab mamlakatlari   +
70411902 Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) + +
71010401 Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha) + +

 

 

Hujjatlar ro‘yxati va ularni topshirish muddati

  1. Hujjatlar 2023-yilning 20-iyunidan 30-iyuliga qadar qabul qilinadi.
  2. Hujjatlar universitet saytining online platformasi orqali topshiriladi (www.tsuos.uz).
  3. Pasportning skaner varianti (PDF shaklida).
  4. Sertifikat/guvohnoma, diplom hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga tarjimasining notarial tasdiqlangan skaner varianti topshiriladi. Magistratura uchun bakalavr diplomi hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasining skaner varianti topshiriladi (PDF shaklida).
  5. 3,5×4,5 o‘lchamli foto sur’at (JPEG shaklida).
  • Xorijiy fuqarolar uchun hujjatlarni qabul qilish muddatlari uzaytirilishi mumkin (Bog‘lanish uchun tel.raqamlar:  +998712332985, +998909037776 +998911361300) (Telegram: +998901260099)

Sertifikat/guvohnoma, diplom, shuningdek, magistratura uchun bakalavr diplomi hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga tarjimasining notarial tasdiqlangan asli universitetga o‘qishga qabul qilinganda o‘quv yili boshlanishidan oldin taqdim etiladi.

 

Universitetga o‘qishga qabul qilish tartibi

TDShUning bakalavriatda o‘qish istagini bildirgan chet el fuqarolari tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha universitet qabul komissiyasi tomonidan suhbatdan o‘tadilar. Suhbat avgustning birinchi yoki ikkinchi o‘n kunligida onlayn tarzda rus yoki o‘zbek tillarida bo‘lib o‘tadi.

TDSHU magistraturasida o‘qish istagini bildirgan chet el fuqarolari qabul komissiyasi tomonidan tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar. Suhbat avgust oyining ikkinchi o‘n kunligida onlayn tarzda rus yoki o‘zbek tillarida bo‘lib o‘tadi. 

To‘lov tartibi

  • Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida chet el fuqarolari tomonidan o‘qish uchun to‘lov milliy valyutada (o‘zbek so‘mida) amalga oshiriladi. To‘lovni har bir semestr uchun alohida amalga oshirish mumkin.
Ta’lim sohasi va yo‘nalishi Bakalvriat Magistratura
 O‘quv yiliga belgilangan narx 1 semestr 2 semestr O‘quv yiliga belgilangan narx 1 semestr 2 semestr
Filologiya

(tillar bo‘yicha)

16 000 000 8 000 000 8 000 000 17 250 000 8 625 000 8 625 000
Gumanitar yo‘nalish (Tarix, Falsafa, Jurnalistika) 16 000 000 8 000 000 8 000 000 17 250 000 8 625 000 8 625 000
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, Turizm 16 000 000 8 000 000 8 000 000 17 250 000 8 625 000 8 625 000
Siyosatshunoslik 16 000 000 8 000 000 8 000 000 17 250 000 8 625 000 8 625 000

Yashash sharoitlari

Xalqaro bo‘lim universitetning chet ellik talabalariga viza/ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda, universitet talabalar turar-joyida yoki boshqa yashash joyini topishda amaliy yordam beradi. Universitet talabalar turar-joyida yashash narxi imtiyozli bo’lib, 20.06.2023 yil holatiga ko‘ra, bir oylik to’lov miqdori 300 000 so‘mni tashkil etadi.

Stipendiya

Universitetda chet ellik talabalarga stipendiya taqdim etilmaydi.

Til o‘qitish kurslari

O‘zbek, rus va sharq tillarini o‘rganishni istagan chet el fuqarolari TDShU qoshidagi Til markazda kurslarga yozilishlari mumkin. Kurslarning davomiyligi 6 va 10 oy. O‘qish davri oxirida Til markazining talabalari sertifikatlarga ega bo‘ladilar.

Til kurslariga kirish uchun universitetning xalqaro hamkorlik bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish so‘raladi:

  1. til kurslariga qabul qilish uchun ariza;
  2. sertifikat/guvohnoma, diplom hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga tarjimasining notarial tasdiqlangan nusxasi;
  3. passport nusxasi;
  4. rezyume;
  5. 3,5×4,5 o‘lchamli 4 dona fotosur’at.

Til kurslari uchun to‘lov shartlari darslar soniga bog’liq.

 

21.07.2023, 11:35 28129