Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

⚡️ Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi

24.06.2020, 14:39 Yangiliklar 4109

Davlat komissiyasining 2020 yil 1-sonli bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

✅ Unga ko‘ra:

👉 kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlarini bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari xususiyatidan kelib chiqib soddalashtiriladi;

👉 abituriyent kasbiy (ijodiy) imtihon uchun bir marta keladi va ortiqcha vaqt sarflamasdan topshirishi ta’minlanadi;

👉 test sinovlari bilan bir qatorda o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 25-iyulgacha o‘tkaziladi;

👉 alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari kirish imtihonlarini 25-iyuldan 20-avgustgacha o‘tkaziladi;

👉 kasbiy (ijodiy) imtihonlar videokuzatuvlar orqali qat’iy nazorat qilinadi va internetda jamoatchilik kuzatuvi ta’minlanadi.