Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

🌙🌙🌙 TA’ZIYA 🌙🌙🌙 ORIPOV ZOKIR TOHIROVICH

18.10.2021, 12:36 Yangiliklar 2735

 

          1947-2021

Uzoq yillar Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Mumtoz filologiya kafedrasida talabalarga saboq berib kelgan ustoz, sharq manbalari bilimdoni, filologiya fanlari doktori, professor Zakir Oripov bu olamni tark etdilar.   

Domla universitetimizning arab filologiyasi yo‘nalishini bitirganlaridan boshlab tiriklik yo‘llarini arabshunoslikning yuksalishiga bag‘ishladilar. U kishi Misr, Suriya davlatlarida tarjimon bo‘lib ham faoliyat yuritganlar.

Zokir Oripov 1972 yilidan boshlab hozirga qadar Toshkent davlat konservatoriyasida o‘qituvchilikdan professorlikka qadar yo‘lni bosib o‘tdilar. Shuningdek, u kishi o‘rindoshlik asosida universitetimizda ham magistrlarga mutaxassislik fanlaridan dars berganlar.

Domla o‘nga yaqin kitoblar, 100 dan oshiq maqolalar muallifi edilar. 

TDSHU rahbariyati Zokir Oripovning vafoti munosabati bilan domlaning oila va farzandlari hamda sharqshunos-arabshunoslarga chuqur ta’ziya izhor etadi. Yaratgandan oxiratlari obod bo‘lishini so‘rab qoladi.