Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

2022-2023 oʼquv yili uchun Ogahiy nomidagi maxsus stipendiyani qoʼlga kiritgan gʼoliblar bilan tanishing

28.05.2022, 11:53 Yangiliklar 3336

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Kengashining 9-sonli majlisida “Ogahiy nomidagi maxsus stipendiya boʼyicha oʼtkazilgan tanlov yakunlari va Ogahiy nomidagi maxsus stipendiya tayinlash toʼgʼrisida”gi masala muhokama qilindi.
Stipendiya Tanlov komissiyasi xulosalari asosida universitet Kengashi 7 nafar talabaga 2022-2023 oʼquv yili davomida “Ogahiy nomidagi maxsus stipendiya” taynlashga Qaror qabul qildi.

Maxsus stipendiya talabalarga bir oʼquv yili davomida sentyabr oyidan boshlab beriladi.

Stipendiya miqdori Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31- yanvardagi 59-son qarori 2-ilovasining 2-bandiga muvofiq belgilanadi.

Kenjaeva Munira Toʼlqin qizi Koreyashunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi

Аshirbayeva Sevinch Аbduxoshim qizi Xitoyshunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi

Mirikramov asatullo Jahongir o’g’li Sharq sivilizatsiyasi va tarixi fakulteti 3-bosqich talabasi

Аkramova Sarvinoz Аbduvoxid qizi Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 1-bosqich talabasi

Joʼraxoʼjayeva Vazida Ubaydullo qizi Yaponshunoslik fakulteti 1-bosqich talabasi

Xabibullayeva Sadoqat Baxtiyor qizi Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizmi fakulteti 2-bosqich talabasi

Ergasheva Feruza Аbdurashid qizi Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti 2-bosqich talabasi