Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xorijda malaka oshirish va ta’lim olish

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professor-o’qituvchilari, doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar, xodimlar, talaba va magistrantlar hukumatlararo tuzilgan shartnomalar, xalqaro grantlar va institutning xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan va ayni paytda amalda bo‘lgan shartnoma, bitim va memorandumlar asosida xorijga malaka oshirish va ta’lim olish uchun yuboriladi.

2017/2018-o’quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi o‘rtasida 1999-yil 8-noyabrida imzolangan hamkorlik bitimi va Xitoy Xalq Respublikasi hukumati hamda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida 2017/2018-o‘quv yiliga ajratilgan stipendiyalar, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Yaponiya, Koreya Respublikasining OTMlari o‘rtasida ikki tomonlama imzolangan bitimlari doirasida 43 nafar talaba, magistrant va doktorantlar stajirovka, o‘quv kurslarida ishtirok etishdi. Toshkent davlat sharqshunoslik institutining 30 nafar professor-o‘qituvchilari va xodimlari xorijiy mamlakatlarning OTMlari va ilmiy muassasalarida o‘tkazilgan konferensiya, simpozium, malaka oshirish, o‘quv kurslarida ishtirok etishdi.

Xorijda malaka oshirish va ta’lim olish masalalari bo’yicha institut Xalqaro aloqalar bo’limi, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi, institut Innovatsion markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Janubiy Osiyo tillari” kafedrasi dotsenti, f.f.n. S.S.Nurmatovning Hindistonga qilgan safari

06.10.2018, 12:45 3904