Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G.Rixsiyeva boshchiligidagi mas’ullar universitetimizga biriktirilgan Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 133-son yapon tiliga ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdilar

12.08.2024, 10:59 Yangiliklar 48

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 16- iyundagi “Oliy ta’lim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarito‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig’ilishi 34- sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida,

photo_2024-08-12_20-33-12

2024- yil 12- avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G.Rixsiyeva, prorektor Sh.Mirziyotov va Yaponshunoslik fakulteti dekani E.Matchonov universitetimizga biriktirilgan Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 133-son yapon tiliga ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdilar.

photo_2024-08-12_16-01-23 (2)

Tashrif chog‘ida universitet rahbariyati maktabda olib borilayotgan ishlar hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, yapon tilini o‘qitish bo‘yicha metodik tavsiyalar berdilar.

photo_2024-08-12_16-01-24

photo_2024-08-12_16-01-24 (2)