Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning 689 yilligi munosabati bilan davra suhbati bo’lib o’tdi

08.04.2025, 13:57 Yangiliklar 159

Buyuk davlat arbobi, sarkarda va Temuriylar davlatining asoschisi Amir Temurning 689 yilligi munosabati bilan TDSHU Sharq Sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti tomonidan tadbir tashkil etildi. Tadbirda talabalar, professor-o’qituvchilar va mehmonlar ishtirok etib, buyuk hukmdor merosiga hurmat bildirdilar.

2Y4A83424

Davra suhbati fakultet dekani, PhD, dotsent M.Askarovning tabrik so’zi bilan boshlanib, Temuriylar davrini o’rganishning Markaziy Osiyo tarixiy va madaniy rivojlanishidagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.

2Y4A83422

Shuningdek, dotsent R.Alimova Temuriylar davridagi ayollarning roliga bag’ishlangan ma’ruzasida ayollarning siyosat, ta’lim va san’atga ta’siri haqida so’z yuritdi.

2Y4A83426

Tadbir so’nggida, Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan tarixiy kitob asosidagi interaktiv viktorina g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. G’olib talabalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg’alar va diplomlar bilan taqdirlandi.

2Y4A83427

2Y4A83423

2Y4A83425

2Y4A83428

photo_2025-04-09_09-58-36