“DefitSet” loyihasi “Start-ap tashabbuslari” tanlovining keyingi bosqichiga yo’l oldi
2018-yilning 13-noyabr kuni O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi Elchoxonasi, UNDP Uzbekistan va O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Start-ap tashabbuslari” yoshlar inovatsion loyihalarini qo’llab quvvatlash dasturining 3-sikli start oldi va loyihalarni saralash bosqichi o’tkazildi. Ushbu bosqichda institutimizning tashabbuskor birinchi kurs talabalari ham o’zlarining “DefitSet” loyihasi bilan ishtirok etdib, keyingi bosqichga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.
Tanlovga umumiy hisobda 550 ga yaqin loyihalar taqdim etilgan bo’lib, ular orasidan tanlab olingan 32 loyiha keyingi bosqichga o’tdi. Tanlab olingan ishtirokchilar bu bosqichda start-aplarni rivojlantirish va samarali tashkil etishga qaratilgan 5 kunlik seminar-treninglarda qatnashadilar. Treninglarni katta tajribaga ega bo’lgan O’zbekistonlik va xorijlik mutaxassislar, biznes farishlari, mentorlar olib boradilar.
“DefitSet” loyihasi jamoasi a’zolari:
– Fayziyev Bobomurod, g’oya muallifi, loyiha rahbari.
– Odilbekov Abrorbek, IT mutaxassis.
Loyiha haqida ko’proq ma’lumot olish uchun: http://tashgiv.uz/defitset-start-up-loyihasi/