TDSHU talabasi “Yapon tilida notiqlik san’ati” tanlovi g‘olibi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida iqtidorli talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish siyosati amal qiladi. Unga ko‘ra iqtidorli talabalar har tomonlama o‘z iqtidorlarini namoyon qilish imkoniyatlariga egadirlar. Mana shunday iqtidorli talabalardan biri – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi 3-kurs yapon-ingliz guruhi talabasi Xo‘jayev Bekzod Qozog‘iston respublikasi Olmaota shahrida 25-bor Markaziy Osiyo davlatlari miqyosida o‘tkazilgan “Yapon tilida notiqlik san’ati” tanlovida o‘z bilim va iqtidorini namoyon etib, tanlovda faxrli 3-o‘rin sohibi bo‘ldi. TDSHU jamoasi B.Xo‘jaevga kelgusi ishlarida ulkan muvafaqqiyatlar tilab qoladi.