Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Moddiy rag‘batlantirish

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida universitet xodimlarini har tomonlama moddiy va ma’naviy tomondan rag‘batlantirish ishlari amalga oshiriladi.

 “Jamoat shartnomasi”da ko‘zda tutilgan shartlar asosida va o‘qituvchi-professorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2023-yilda universitetning budjetdan tashqari tushgan mablag‘lari hisobidan quyidagi pul mukofotlari berildi:

  • 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan 330 nafar xodimga 189 750 000 so‘m;
  • 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuni bilan 555 nafar xodim 319 125 000 so‘m;
  • O‘quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan, yangi darslik, o‘quv qo‘llanmalar yaratgan mualliflar, shahar, respublika miqyosida o‘tkazilgan tanlovlarda, musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallagan talabalar, 2022-2023 o‘quv yili yakunida faoliyat samaradorligining asosiy  ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlarning 268 nafariga 1 577 443 000 so‘m.

2023-yilda 320 nafar universitet professor-o‘qituvchi, boshqaruv va xizmatchi xodimlarining maoshiga 6 646 394 846 so‘m miqdorda  ustama mablag‘ ajratildi.

2022-2023-o‘quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan, universitet, shahar, respublika miqyosida o‘tkazilgan tanlovlarda, musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallagan, jamoat ishlarida faol ishtirok etganliklari munosabati bilan 419 nafar universitet talabalariga 347 082 920 so‘m miqdoridagi mablag‘ moddiy rag‘batlantirish sifatida berildi.

03.07.2024, 14:22 289