Xorijlik talabalarni qo‘llab quvvatlash
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida past yoki o‘rta daromaddan past bo‘lgan mamlakatlar talabalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, universitetning moddiy imkoniyatlaridan kelib chiqib xorijiy fuqarolar uchun turli grantlar, tanlovlar e’lon qilingan. TDSHUda tahsil olayotgan xorijlik talabalar uchun 21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Oʻzbek tili va adabiyoti” fanidan xalqaro fan olimpiadasi tashkil qilingan. Ushbu olimpiadada xorijlik talabalar faol qatnashib, Respublika bosqichlarida ham sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lganlar.