Yosh sharqshunos diplomatlar klubi Oliy Majlis Senatida
2023-yil 15-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari hamda Yoshlar ittifoqi faollari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati binosiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talaba-yoshlar Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Ravshanbek Alimov bilan ochiq muloqot qildilar.
Muloqot davomida yosh diplomatlar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javob oldilar.