Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU jamoasi Nukusda

2024-yil 9-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva boshchiligida universitet vakillari va faol yoshlar guruhi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida o‘tkazilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish marafonida ishtirok etdilar.

Mazkur tadbir nafaqat ekologik barqarorlikni ta’minlash, balki yoshlarda ekologik ongni shakllantirish va ularni atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli munosabatda bo’lishni targ’ib etish maqsadida tashkil etildi. TDSHU jamoasining ushbu ekologik tashabbusdagi faol ishtiroki universitetning BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari — xususan, BRM 15: “Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash” yo‘nalishida olib borayotgan amaliy harakatlaridan dalolat beradi.

Ko‘chat ekish orqali universitet jamoasi biologik xilma-xillikni saqlash, cho‘llanishning oldini olish, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish va yashil hududlar maydonini kengaytirish bo‘yicha milliy va global darajadagi sa’y-harakatlarga o‘z hissasini qo‘shdi.

02.07.2025, 16:43 279