“Fors tilini chet elliklarga o’rgatish nazariyasi va yo’sinlari” nomli birinchi mahorat darslari
22-27- oktabrda Eron-afg’on filologiyasi kafedrasi tashabbusi bilan fors (dariy) tili professor-o’qituvchilari uchun “Fors tilini chet elliklarga o’rgatish nazariyasi va yo’sinlari” nomli birinchi mahorat darslari tashkillashtirildi. Darslarni Eron Islom Respublikasi Qazvin xalqaro universiteti doktori Amir Rezo Vakilifard olib bordi. Kurs yakunida darslarda muntazam qatnashgan o’qituvchilarga sertifikat topshirildi.