Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”ga bag’ishlab koreys tilidan notiqlik san’ati ko’rik tanlovi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz

25.01.2023, 13:59 E'lonlar 1643

 

2023-yil 9-fevral 14.00da TDSHU Koreyashunoslik fakulteti binosi 210-o‘quv xonasida Koreys filologiyasi kafedrasi asoschisi professor Kim Mun Uk xotirasiga bag‘ishlanib ananaviy tarzda o‘tkaziladigan «Notiqlik sanati korik tanlovi»ning saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rik tanlovda koreys tilida erkin muloqot qila oladigan barcha bakalavriat yo‘nalishi talabalari ishtirok etishi mumkin:

Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari bo‘yicha);

Tarix (Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo‘yicha);

Jurnalistika: xalqaro jurnalistika (sharq tillari bilan);

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;

Siyosatshunoslik;

Turizm (sharq tillari bilan)

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha).

Saralash bosqichi talablari:

Talaba mustaqil ravishda quyidagi mavzulardan birini tanlab esse yozishi so‘raladi:

  1. Koreya va O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi mushtaraklik.
  2. Milliy qardiyatlar zamirida ta’lim tarbiyaning in’ikosi.
  3. Buyuklar tafakkurida ta’lim-tarbiya.
  4. Bugungi ta’lim: islohot va innovatsiyalar.

 

Esse A4 format, 1,5-2 bet hajmda, 14 shrift (Times New Roman), 1,5 intervalda bo‘lishi kerak. Saralash bosqichida talaba tanlagan mavzu bo‘yicha esseni yoddan aytishi lozim. Matn yuzasidan hamda matnda qo‘llanilgan leksika bo‘yicha hakamlar hay’ati tomonidan savollar beriladi.

Baholash mezonlari:

  1. Matnning talab darajasida rasmiylashtirilishi va mazmuni – 30 ball
  2. Ishtirokchining matnni yetkazib berish san’ati – 40 ball
  3. Ishtirokchining savollarga aniq va lo‘nda javob berishi, matnda qo‘llanilgan leksikani bilishi darajasi 30 ball.

Saralash bosqichidan o‘tgan 12 ta talaba 2023-yil 10-martda o‘tkaziladigan “Notiqlik ko‘rik tanlovi”da ishtirok etishi uchun tavsiya etiladi.