Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Institut rahbariyatining talaba-yoshlar bilan ochiq muloqoti

28.04.2018, 18:08 Yangiliklar 3117

Barchamizga a’yonki, Toshkent davlat sharqshunoslik institutida har oyda rahbariyatning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi an’anaga aylangan. Joriy yilning 28-aprel kuni institut rektorining talaba-yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda institut rektori, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, fakultetlar rahbarlari va mas’ul murabbiylar hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi va faollari ishtirok etdilar. Yig‘ilishni institut rektori filologiya fanlari doktori, professor A.Mannonov olib bordi. U o‘z nutqida institutda ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv va ilmiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, talaba-yoshlarning dars mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida kelishlari hamda ularning kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya qilishlari eng dolzarb masalalardan biri ekanligi, ayniqsa, qizlarning kiyinish madaniyatiga e’tiborlari sust ekanligi, fakultet rahbarlari va murabbiylari ushbu yo‘nalish bo‘yicha yetarli ishlarni amalga oshirishlari lozimliklarini ta’kidlab o‘tdi.

Muloqot savol-javob ruhida bo‘lib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va o‘quv sohalaridagi savollar bilan murojaat qildilar va tegishli javob oldilar.

photo_2018-04-28_18-07-28 photo_2018-04-28_18-07-32 photo_2018-04-28_18-07-34

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi