Kechki va sirtqi bo’limi
BITURAEV UKTAMJON BAZARBAYEVICH | ||
Ilmiy darajasi va unvoni: | Katta o‘qituvchi | |
Lavozimi: | Bo‘lim boshlig‘i | |
Qabul vaqtlari: | Har kuni (14:00-16:00) | |
Telefon raqami: | +998901271539 | |
E-mail: | skbb@tsuos.uz |
Bo‘limning qisqacha tarixi
2017/2018-o‘quv yilida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sirtqi va kechki ta’lim shakli bo‘yicha kadrlar tayyorlash jarayoni yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan “Sirtqi bo‘lim” tashkil etildi va bo‘lim sirtqi ta’limni tashkil etish uchun asosiy mas’ul tuzilma sifatida belgilandi. Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son Qarori asosida o‘z faoliyatini boshladi.
2022/2023-o‘quv yilida Sirtqi bo‘lim, o‘z tarkibiga kechki ta’lim shaklini qamrab olganligi sababli u “Kechki va sirtqi bo‘lim” deb qayta nomlandi. Mazkur yillar davomida kechki va sirtqi ta’lim shaklida 1500 dan ortiq talabalar 11 ta ta’lim yo‘nalishida tahsil olishdi.
Bo‘limning bugungi kundagi faoliyati
- 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar natijasida kechki va sirtqi ta’lim shakllarini qamrab olgan Kechki va sirtqi bo‘lim qayta tashkil etildi. Bo‘lim nomi “Kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim bo‘limi” nomiga o‘zgartirildi hamda tuzilmaviy jihatdan universitetning “Amaliy fanlar” fakultetida qoshida tashkil etildi.
Bugungi kunda bo‘limda quyidagi ta’lim shakllari mavjud:
- sirtqi ta’lim shakli hamda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim shakli;
- kechki ta’lim shakli va hamda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim shakli;
Shu bilan birgalikda kelgusi o‘quv yillaridan boshlab masofaviy ta’lim shakli qabulini tashkil etilishi rejalashtirilgan.
2024/2025-o‘quv yilida kechki ta’lim shaklida 11 ta ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lib, ularda 830ga yaqin talabalar tahsil olmoqda. Universitet moddiy-texnik bazasi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda joriy o‘quv yilidan boshlab kechki ta’lim shakli uchun qabul jarayoni to‘xtatildi.
2024/2025-o‘quv yilida sirtqi ta’lim shaklida 12 ta ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lib, ularda 1400ga yaqin talabalar tahsil olmoqda.
2024/2025-o‘quv yilida sirtqi ta’lim shakli quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar birinchi kursga o‘qish uchun qabul qilingan:
№ |
Ta’lim yo‘nalishi | Ta’lim
tili |
|
shifri |
nomi |
||
1 |
60220300 |
Tarix |
O‘zbek/Rus |
2 |
60220500 |
Falsafa |
O‘zbek/Rus |
3 | 60220600 |
Antropologiya va etnologiya |
O‘zbek |
4 | 60310200 | Xalqaro munosabatlar |
O‘zbek/Rus |
5 |
60310300 |
Psixologiya |
O‘zbek |
6 |
60320100 |
Jurnalistika |
O‘zbek |
7 |
60410100 |
Iqtisodiyot |
O‘zbek/Rus |
8 |
60410800 |
Menejment |
O‘zbek |
9 |
60411100 |
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar |
O‘zbek/Rus |
10 | 610101000 | Turizm va mehmondo‘stlik |
O‘zbek/Rus |
SIRTQI BO’LIM FAOLIYATINI TASHKIL ETISHGA OID MEYORIY–HUQUQIY HUJJATLAR