Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreyaning Handong Global universiteti delegatsiyasining tashrifi

07.04.2022, 20:50 Yangiliklar 1816

    2022-yil 6-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Koreya Respublikasining Handong Global universiteti UNESCO-UNITWIN loyihasi va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish markazi direktori Jinvon An boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

       UNESCO-UNITWIN dasturi Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar bo‘yicha maxsus UNESCO dasturlaridan biri bo‘lib, 1992-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

    2020-2021 yillar Handong Global universiteti TDShUning Koreyashunoslik fakulteti kutubxonasiga UNESCO-UNITWIN dasturi doirasida 180 dan iborat umumiy qiymati 3370 AQSh dollari miqdoridagi o‘quv adabiyotlarini taqdim etgan.

    TDShU rektori G.Rixsiyeva mehmonlarga yaqindan hamkorlik uchun samimiy minnatdorchilik bildirib, universitet faoliyati, o‘quv jarayonlari hamda ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

     Uchrashuvda Handong Global universiteti bilan o‘rnatilgan hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish shuningdek, yozgi maktablarni tashkil etish, jumladan, HGU talabalarining O‘zbekistonda va TDShU talabalarining Koreyada stajirovka o‘tashi borasidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

     TDShU rektori G.Rixsiyeva tomonidan universitetning koreyashunos talabalari uchun Handong Global universiteti professor-o‘qituvchi va mutaxassislari tomonidan Koreya iqtisodiyoti va siyosati bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish, talabalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikda start up loyihalarni amalga oshirish takliflari bildirildi.

    Jinvon An mazkur takliflarni Handong Global universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilishiga hamda TDShUda koreyashhunoslik sohasini rivojlantirish maqsadida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun UNESCO-UNITWIN dasturi doirasida Koreyashunoslik fakulteti kutubxonasini o‘quv adabiyotlari va moddiy-texnika bilan ta’minlashda davom ettirilishiga ishonch bildirdi.

Navro'z muborak - 2022 slayder 3