Magistratura bosqichiga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlardan hujjatlar qabuli boshlandi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistraturasi 1- kursiga 2025-2026 o‘quv yiliga O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qaydnomalari asosida davlat granti yoki to‘lov-shartnoma asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlardan quyidagi hujjatlarni ishchi guruhga
8-sentabridan 11-sentabriga
qadar(shu kuni ham) soat 10:00 dan 18:00 gacha
shaxsan taqdim etishlari so‘raladi:
- Hujjatlar uchun yig‘majild (skroshivatel);
- Diplom va uning ilovasining asl nusxasi;
- 3,5 x 4,5 sm 12 ta fotonusxa oq fonda;
- Pasport, id karta nusxalari 3ta;
- Imtiyoz beradigan hujjatlar: guvohnomalar, sertifikatlar asli va 2ta nusxada;
- Konvert (a5 formatda);
- Ariza (universitetda yoziladi);
- Anketa (ma’lumotnoma)
Hujjatlar: Amir Temur shoh ko‘chasi, 20-uy “v”-blok, 9-qavat, 918 xonada qabul qilinyapti
https://t.me/magistratur_TDSHU telegram guruhiga kirib kundalik yangiliklar haqida xabardor bo‘lib boring tezkor xabarlar (o‘qish, to‘ov-shartnoma, xotin qizlarga to‘lov-shartnomani to‘lab berish v.h) shu guruhda har kuni e’lon qilinadi)
HUJJATLARNI O‘Z VAQTIDA TAQDIM QILGAN TALABALAR O‘QUV MASHG‘ULOTLARIGA KIRISHGA RUXSAT QILINADI
ISHCHI GURUHGA QUYIDAGI TELEFON RAQAMLARIGA MUROJAAT QILISHINGIZ MUMKIN:
+998 (99) 890 – 57 – 25
+998 (99) 001 – 05 -95
+ 998 33 244 14 08