O‘zbekiston va Doxa – umid manzillari✅
Shu kunlarda jahon hamjamiyati e’tibori markazida turgan masalalardan biri, shubhasiz Doxa shahrida uzoq kutilgan afg‘onlararo kelishuvning boshlanishidir. Qatardagi afg‘onlararo kelishuv boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Umuman olganda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston tashqi siyosatidagi afg‘on yo‘nalishi bo‘yicha ilgari surayotgan tashabbuslari zamirida ulkan maydonni egallagan Yevroosiyo mintaqasida keskin o‘zgarishlar qilish zarurati dolzarbligini anglab yetish va afg‘on nizosini hal etishga ko‘maklashuvchi choralarni izlashdek ezgu maqsadlar yotibdi. Zero, Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi ma’ruzasida ishtirokchilar e’tiborini yana bir bor ushbu masalaga qaratgani bejiz emas.
O‘zA muxbirlari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mutaxassis-ekspertlarining ayni mavzuga oid fikrlarini yozib oldi.
To’liq: http://uza.uz/oz/society/zbekiston-va-dokha-umid-manzillari-02-10-2020