Professor Ramakant Dvivedi TDSHUda: Hindiston–O‘zbekiston munosabatlari bo‘yicha ma’ruza
2025-yil 22-aprel kuni TDSHUga “Hindiston – Markaziy Osiyo” jamg‘armasi direktori professor Ramakant Dvivedi hamda MERI institutlar guruhi vitse-prezidenti professor Lalit Aggarwal tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida professor Ramakant Dvivedi tomonidan “Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi xalqaro munosabatlar: tarix va istiqbollar” mavzusida ma’ruza qilindi.
Uchrashuvda MERI institutlar guruhi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ushbu institut moliyaviy jihatdan mustahkam va yirik ilmiy salohiyatga ega hisoblanadi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikda ilmiy konferensiyalar tashkil etish, ilmiy maqolalar to‘plamlarini nashr qilish, ilmiy jurnallarni chiqarish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

