Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar bo‘yicha fan olimpiadasida universitetimiz talabalari umumjamoa hisobida sharq tillari bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi

28.09.2024, 11:47 Yangiliklar 84

26-27-sentabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar bo‘yicha (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi o’tkazildi.

photo_2024-09-28_11-42-08

Mazkur olimpiadada 5 nafar universitetimiz talabalari ham munosib ishtirok etib, umumjamoa hisobida sharq tillari bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Yakuniy natijalarga ko’ra:
Karimova Nilufar Xitoy tili bo‘yicha 1-o‘rin

photo_2024-09-28_11-42-15

Nasimova Moxirabonu Yapon tili bo‘yicha 1-o‘rin

photo_2024-09-28_11-42-21

G‘ofurova Sabohat Koreys tili bo‘yicha 1-o‘rin

photo_2024-09-28_11-42-18

G‘oziyeva Rayxona Arab tili bo‘yicha 2-o‘rin

photo_2024-09-28_11-42-11

Universitet jamoasi nomidan talabalarimiz va ularning ustozlarini erishgan yutuqlari bilan tabriklab, kelgusida ularga bundanda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.