(Uzbek) Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G.Rixsiyeva boshchiligidagi mas’ullar universitetimizga biriktirilgan Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 133-son yapon tiliga ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 16- iyundagi «Oliy ta’lim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarito‘g‘risida» o‘tkazilgan videoselektor yig’ilishi 34- sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida,
2024- yil 12- avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G.Rixsiyeva, prorektor Sh.Mirziyotov va Yaponshunoslik fakulteti dekani E.Matchonov universitetimizga biriktirilgan Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 133-son yapon tiliga ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdilar.
Tashrif chog‘ida universitet rahbariyati maktabda olib borilayotgan ishlar hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, yapon tilini o‘qitish bo‘yicha metodik tavsiyalar berdilar.