Телефон доверия / Колл-центр
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Anqara va G‘ozi universitetlari professorlarining onlayn vebinarlari

2023-yil 17-fevral Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik” kafedrasida Turkiyaning G‘ozi universiteti professori, filologiya fanlari doktori Fatma Achikning “Turk va o‘zbek romanlarida Amir Temur obrazi” mavzusidagi onlayn nazariy seminar asosida ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Ma’ruza davomida Fatma Achik turk yozuvchilaridan Dundar Alp, Samih M. Fethi, Ibrohim Hakki Gundo‘g‘du, Yilmaz Karakoyunlu, Ziyo Shokir, O‘ktay Tiryakio‘g‘lu, Erol To‘y va o‘zbek yozuvchilari Muhammad Ali, Xurshid Davron kabi yozuvchilarining Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan romanlarni qiyosiy tahlil qildi. Tahlil jarayonida turk va o‘zbek yozuvchilarining romanlarida Amir Temur obrazi ifodalanishida o‘zaro farqlar va o‘xshashliklar misollar orqali ochib berildi. Ma’ruza baxsli, munozarali, qiziqarli ma’lumotlarga boy bo‘ldi.

Bundan tashqari, 2023-yilning 24-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik” kafedrasida Anqara universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nurulloh Chetinning “Milliy adabiyot davrida oqimlar” mavzusidagi vebinari ham bo‘lib o‘tdi. Professor Nurulloh Chetin mazkur ma’ruzada XX asrning boshida Turk milliy adabiyotining tashkil etilishi, uning asoschilari, maqsad vazifalari, tamoyillari haqida qiziqarli ma’lumotlarni bayon etdi.

photo_2024-04-08_10-53-29 photo_2024-04-08_10-53-35

08.04.2024, 10:55 333