TDSHI miqiyosida 26-bor o‘tkazilgan “Yapon tilida notiqlik san’ati” tanlovi
2017-yil 16-fevral Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti Sharq filologiyasi fakulteti Yapon filologiyasi kafedrasida xar yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan Yapon tilida Notiqlik san’ati tanlovi 26-bor o‘tkazildi. Tanlovga mexmonlardan Yaponiyaning Misubishi korporatsiyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh direktori Tesuya Sugita, O‘zbekiston-Yaponiya markazining yetakchi mutaxassisi Yasuyuki Suruta va O‘zbekiston Jaxon Tillari Universiteti yapon tili o‘qituvchilari tashrif buyurdilar. Tadbir avvalida yapon filologiyasi kafedrasining mudiri E.Matchanov so‘zga chiqib institutdagi yaponshunoslik xaqida ma’lumot berdi. Tanlovda institutning 21 nafar talabasi qatnashdi. Tanlov natijalariga ko‘ra 3 nafar talaba Shukurov Samandar, Rustamxo‘jaev Abduazim xamda Akbarjonov Ibroxim Respublika miqiyosida o‘tkaziladigan “Yapon tilida Notiqlik san’ati” tanloviga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Tadbir so‘ngida institutning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori G.Rixsiyev so‘zga chiqib mexmonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi xamda g‘olib bo‘lgan talabalarni qutlab ularga Respublika miqiyosida bo‘lib o‘tadigan tanlovda omad tiladi .Tanlovning barcha ishtirokchilariga estalik sovg‘alari taqdim etildi.