Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHIda “Xalqaro arab tili kuni” munosib nishonlandi

19.12.2018, 13:14 Yangiliklar 3299

BMT tomonidan har yilning 18-dekabr “Xalqaro arab tili” kuni deb rasman e’lon qilingandir. Shu sababli ham aynan shu kuni balog‘at va fasohat jihatidan dunyo tillari ichida eng yetuk sanaluvchi go‘zal arab tili kuni keng nishonlanib kelinadi. Arab tili barcha arab mamlakatlarining rasmiy tili bo‘lib, Isroil, Eritreya, Chad, Somali va Jibuti kabi mamlakatlarning  ham rasmiy tillaridan biri sanaladi. Bugungi kunda arab  tilida  422 million ortiq insonlarlar muloqot qilib,  arab tili kunining nishonlanishi  madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladi deb aytish mumkindir.

2018-yilning 18-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Arab filologiyasi kafedra o‘qituvchilari va talabalari tashabbuslari bilan “18-dekabr – Xalqaro arab tili kuni” madaniy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni Arab filologiyasi kafedrasi mudiri Sh.G.Shomusarov kirish so’zi bilan ochib berdi. Professor SH.Shomusarov o’z nutqida arab tili, uning go’zalligi va nafosati, bu tilda so’zlashuvchi mamlakatlar haqida so’z yuritdi. Shundan so’ng, Sharq filologiyasi fakulteti Arab filologiyasi yo‘nalishida tahsil olib, yuqori natijalarni ko’rsatayotgan iqtidorli talabalar sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimidan so’ng tadbir ishtirokchilari e’tiboriga arab mamlakatlari bilan tanishuv taqdimoti namoyish etildi hamda arab mamlakatlari haqida qiziqarli va kerakli ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, Arab filologiyasi kafedrasining ikkinchi kurs talabalari tomonidan A.Qaxxorning “Shum bola” asaridan sahna ko‘rinishi ham namoyish etildi.

Tadbir davomida “Ziyo ta’lim” markazi o‘quvchilari o’rtasida arab tili bo’yicha musobaqa tashkil etilib, g‘oliblar taqdirlandi. Shundan so’ng tadbir go’zal kuy va qo’shiqlar bilan davom etdi.

p u wefgrgrgf