TDSHU delegatsiyasi Global Sustainable Development Congress – 2025 anjumanida
2025-yilning 16–19-iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Global Sustainable Development Congress doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Kongressning birinchi kunida o‘tkazilayotgan ko‘rgazma doirasida N.Imamova hamda G.Rahimovalar TDSHUning hamkor universitetlari bilan xalqaro reytinglar hamda hamkorlik aloqlari bo‘yicha muhokamalar olib bordilar.
Mazkur nufuzli xalqaro anjuman Times Higher Education (THE) tomonidan tashkil etilib, unda turli mamlakatlardan oliy ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar va yetakchi mutaxassislar global barqaror rivojlanish masalalarini muhokama qilmoqda.