TDSHU rektori G. Rixsiyeva doktorant, tayanch-doktorant, mustaqil izlanuvchi va stajor-tadqiqotchilar bilan uchrashdi
2024-yil 6-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida doktorant, tayanch-doktorant, mustaqil izlanuvchi va stajor-tadqiqotchilarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda universitet rektori, professor G.Sh. Rixsiyeva ishtirok etdi.
Rektor universitetda bo‘lgan o‘zgarishlar, tashkiliy masalalar haqida to‘xtaldi hamda doktorantlarga yangi tayinlangan Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i PhD Nodir Karimov va Doktorontura bo‘limi boshlig‘i PhD Laziz To‘rayevlarni tanishtirdi.
Yig‘ilish davomida Doktorantura bo‘limi faoliyatini takomillashtirish, kelgusida tadqiqotchilarning o‘z muddatida, sifatli tarzda himoya qilishlari, xalqaro bazalarda ilmiy maqolalar nashr etishlari va shu kabi tadqiqotchilar oldiga qo‘yilgan muhim vazifalar haqida to‘xtalib o‘tildi.