TDSHU rektorining Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Qadrli sharqshunos talabalarim!
Sizlarni 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni bilan samimiy qutlayman! Oʻqish va ishlaringizda ulkan zafarlar yor boʻlsin. Ayni damda oltin davr deya atalmish umringizning chin ma’noda oltinga teng lahzalarini o’tkazmoqdasiz.
Bir asrdan ziyod tarixga ega bo’lgan universitetimiz faoliyati davomida ko’plab diplomatlar, elchilar, iqtisodchi- yu, tarjimonlar tahsil olib bugungi kunda Ona Vatanimiz taraqqiyotiga o’z hissalarini qo’shib kelishmoqda.
Yildan yilga universtitemizda o’qish istagida bo’lgan yoshlar soni ortib borishi, xalqaro tanlovlarda sizlarning erishayotgan yutuqlaringiz, jamiyatda o’z o’rningizga ega bo’lish yo’lida qilayotgan mehnatlaringiz meni yanada quvontiradi.
Qadrli talabalarim bugungi bayram barchangizga muborak bo’lsin! Sizlar bilan faxrlanaman, bilim olish yo’lida o’zingizga, o’z bilimingizga bo’lgan ishonchingiz so’nmasin, har doim marrani katta qo’yib, dadil qadam tashlang, zero, yurtimiz kelajagi siz kabi bilimli yoshlar qo’lida ekanligini aslo unutmang.