TDSHU va SOAS universiteti o‘rtasida onlayn hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 29-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Buyuk Britaniyaning SOAS universiteti (The School of Oriental and African Studies) vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda SOAS universitetining Arxeologiya fakulteti professori Graeme Earl va Islom olami intellektual tarixi fakulteti professori Ayman Shihadeh ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama akademik, ilmiy-tadqiqot va o‘quv sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, SOAS universiteti mutaxassislari tomonidan TDSHU professor-o‘qituvchilari uchun sharqshunoslik, o‘quv dasturlarini takomillashtirish hamda zamonaviy ta’lim metodikalari bo‘yicha maxsus tematik seminarlar tashkil etish takliflari ilgari surildi.

