TDSHU va Turksoy o’rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
TDSHUga “Turksoy” tashkilotining bosh kotibi Sultan Rayev, Turksoy bosh kotibining O’zbekiston Respublikasidagi maslaxatchisi, Farg’ona viloyat xokimi o’rinbosari Ahmedov Xurshidjon Rustamovich tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida universitet va tashkilot o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan takliflar ko’rib chiqildi.
Turksoy tashkiloti hamkorligida tashkil etiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda hamkorlikni yana izchil davom ettirish, iqtidorli talabalarni Turkiya Respublikasining nufuzli universitetlarida tahsil olish xarajatlarini bir qismini qoplab berish taklifini berdi.
Joriy yilda universitetda tashkilot moliyaviy mablag’lari hisobidan TURKSOY honasini ochish masalalari ham ko’rib chiqildi.