TDSHUda 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab davra suhbati o‘tkazildi
2024-yil 11-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida hamda 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” doirasida davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu davra suhbatiga Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligining Toshkent shahar bo‘limi yetakchi mutaxassisi F.M.Boyturayev tashrif buyurdi.
Suhbat jarayonida korrupsiya va uning oqibatlari, bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan amaliy islohotlar hamda korrupsion xatti-harakatlar uchun qonunda belgilangan javobgarliklar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir so’nggida “Yoshlar korrupsiyaga “yo’q”, deydi” shiori ostida o’tkazilgan tanlov g’oliblari ham taqdirlandi.