TDSHUda professor-o‘qituvchilar uchun dolzarb mavzular bo‘yicha mashg‘ulotlar davom etmoqda
Avval xabar berilganidek, joriy yilning 10—22-yanvar kunlari TDSHU professor o‘qituvchilari uchun dolzarb 5 ta modul qamrab olingan, rejalashtirilgan seminar-treninglar boshlangan edi.
Bugun, TDSHUda mazkur dolzarb mavzular, xususan:
1. Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish va unda talabalar mustaqil ishini tashkil etish tamoyillari;
2. Xorijiy OTM da joriy etilgan kredit-modul tizimi tajribasi;
3. QS va THE xalqaro reyting agentliklarining World University Ranking 2022 ko‘rsatkichlari uchun ma’lumotlar tayyorlash;
4. Xalqaro ma’lumotlar bazalaridagi nashrlarda maqolalar chop etish bo‘yicha mashg‘ulotlar davom etdi.
TDSHU Matbuot xizmati