TDSHUda “Sugano Reyko nomidagi kutubxona”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Yaponshunoslik oyligiga start berildi.
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 20-fevralidan 20-martiga qadar Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Yaponshunoslik oyligi bo‘lib o‘tadi.
2024-yil 20-fevral kuni ilk tadbirlar – “Sugano Reyko nomidagi kutubxona”ning ochilish hamda Mitsubishi stipendiantlarining taqdirlash marosimi tashkil etildi. Tabdirga Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va Muxtor elchisi Hatori Takashi va Mitsubishi kompaniyasining Toshkent filiali raisi Kainuma Xiroyoshi tashrif buyurdi.
Tadbir davomida ko‘plab yaponshunos kadrlarni tayyorlashda o‘zining opchmas izini qoldirgan Sugano Reyko xotirasiga hurmat bajo keltirilib, yig’ilganlar u haqidagi o‘z xotiralari va iliq so’zlari bilan bo‘lishdilar.