Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda Tsukuba universiteti delegatsiyasining ilmiy-ma’rifiy uchrashuvi

12.02.2025, 12:39 Yangiliklar 203

#SDG4

2025-yil 12-fevral kuni TDSHUga Tsukuba universitetining Ijtimoiy fanlari instituti Ta’lim fakultetining 7 nafar vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

photo_2025-02-12_11-32-10

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolaridan professsorlar – Naohiro HIGUCHI va Kuanysh TASTANBEKOVA TDSHU Yaponshunoslik oliy maktabi professor-o’qituvchilari va talabalari uchun “Ta’lim jarayonidagi yangi uslublar va innovatsion yondashuvlar” hamda “Xalqaro loyihalarda talabalar ishtiroki” mavzularida ma’ruza qildilar.
Ma’ruzalar zamonaviy ta’lim metodologiyasi, innovatsion yondashuvlar hamda xalqaro grant dasturlaridan samarali foydalanish bilan bog’liq masalalarni qamrab oldi.

photo_2025-02-12_11-32-12

Ma’ruzalar so‘ngida ishtirokchilar mavzularga doir qiziqtirgan savollariga javob olishdi va Tsukuba universiteti bilan hamkorlik doirasida yangi istiqbolli yo‘nalishlarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. Ushbu taqdimotlar talabalarimizning bilimini oshirishga, ularga xalqaro ta’lim tizimi haqida chuqurroq tushuncha berishga xizmat qiladi.