Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Ulugʻbek Mirzo: shohlik shukuhi, olimlik buyukligi, taqdir fojiasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

16.10.2024, 16:35 Yangiliklar 53

2024-yil 16-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti­da Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan “Ulugʻbek Mirzo: shohlik shukuhi, olimlik buyukligi, taqdir fojiasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

IMG_98102

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur ilmiy davra suhbatida yetakchi tarixchi, manbashunos olimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

IMG_98343

Davra suhbati Mirzo Ulug‘bekning buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi sifatidagi faoliyati, uning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek olimning ilmiy merosini o‘rganish haqidagi ilmiy mulohaza, bahs va munozaralar bilan boy bo‘ldi.

IMG_98344

Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollar va takliflar muhokama etildi.

IMG_98342

IMG_98341

IMG_98346

IMG_98345

IMG_9818