TDSHUda “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” munosabati bilan sport turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazildi
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2023/09/IMG_20230929_173507_292-768x1024.jpg)
“Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” munosabati bilan “Men Giyohvandlikka qarshiman” shiori ostida ekstrimal va intelektual estafeta tashkil etildi.
Talaba-yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida joriy yilning Turkshunoslik fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida 18-sentabr kuni futbol turi bo’yicha, 19-sentabr kuni sportning volleybol turi bo’yicha musobaqalar tashkil etildi.
Shuningdek, 21-sentabr kuni Sharq filologiyasi va tarjimashunosligi fakulteti talablar o’rtasida “Biz giyohvandlika qarshimiz” shiori ostida shaxmat hamda shashka bo’yicha musobaqalar tashkil etildi. Yaponshunoslik fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida, giyohvandlikni oldini olish maqsadida sportning futbol turi bo’ycha musobaqalar tashkil etildi.