Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda Yaponiyalik Mutaxassislar Bilan Ilmiy Muloqot

17.03.2025, 17:35 Yangiliklar 75

#BRM_4 #ЦУР_4 #SDG_4
#BRM_17 #ЦУР_17 #SDG_17

2025-yil 17-mart sanasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Yaponiyaning Tsukuba universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti professori, Global muloqot ta’lim markazi (CEGLOC) direktori – Ono Masaki va ushbu fakultetning dotsenti – Shioya Akifumilar tashrif buyurdi.

photo_2025-03-18_13-49-49

Tashrif doirasida professor Ono Masaki TDShU Yaponshunoslik oliy maktabida “Yapon tilida hurmat ifodalarining mexanizmlaridagi o’zgarishlar haqida” mavzusida ma’ruza qildi.

photo_2025-03-18_13-41-56

Ma’ruza oliy maktab o’qituvchilarining yapon madaniyati va tiliga oid o’ziga xos jihatlari, jumladan, jamiyatdagi o’zgarishlar ta’sirida yapon tilidagi hurmat kategoriyalari til amaliyotida qay tarzda o’z ifodasini topishi bilan bog’liq bilimlarining boyishiga xizmat qildi.