TDSHUda “Yosh ayol-qizlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish: ilg‘or tajriba va istiqbollar” mavzusida Xalqaro anjumani
11-fevral sanasida butun dunyo bo‘ylab Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni nishonlanadi. Mazkur kun BMTning qarori bilan 2016-yildan beri o‘tkazib kelinadi. Bayramdan ko‘zlangan maqsad – ayollarni ilmiy sohada diskriminatsiya muammosiga qo‘shimcha e’tibor qaratish, xususan, ularning ilm-fan, texnika va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarini ommalashtirishdan iborat.
Shu munosabat bilan, bugun TDSHUda “Yosh ayol-qizlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish: ilg‘or tajriba va istiqbollar” mavzusida Xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi va unda yosh ayollarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish bo‘yicha xorij tajribasi, shuningdek, O‘zbekiston amaliyoti muhokama qilindi.
TDSHU Matbuot xizmati