Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Tinchlik va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusida seminar

30.09.2017, 09:57 Yangiliklar 3663

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning BMT doirasidagi tarixiy nutqi: “Tinchlik va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari, soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Prezidentimizning BMT minbaridan so‘zlagan nutqlari jahon hamjamiyati tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Professorlar U.Idirov, M.Is’hoqov, Sh.Yovqochev, J.Shabanov va I.Bekmuratov hamda “Jahon siyosati, tarix va falsafa” fakulteti ikkinchi kurs talabasi M.Sultonovlar Davlatimiz rahbarining nutqlarida ko‘tarilgan masalalar, jumladan, BMTni bosqichma-bosqich isloh etilishi, BMT shafe’ligida Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ishlab chiqish, Bosh Assambleyaning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilish, shuningdek, bugungi kunning eng fojeali ekologik muammosi bo‘lmish Orol dengizini qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatlarni bartaraf etish va mintaqada tinchlikni mustahkamlash kabi bir qator dolzarb masalalar yuzasidan bergan o‘ta muhim takliflari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.

20170928_132445 20170928_132558