top-1000 universitetlar qatoridan o‘rin olgan Hindistonning Jamiya Milliya Islamiya universiteti o‘qituvchisi Shiraz Xanning darslari boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli farmonida belgilangan chet ellik professor-o‘qituvchilarni oliy ta’lim tizimiga jalb etish vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati” fakulteti “Uzoq Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlariiqtisodiyoti” kafedrasiga top-1000 universitetlar qatoridan o‘rin olgan Hindistonning Jamiya Milliya Islamiya universiteti o‘qituvchisi Shiraz Xan taklif etildi. Shiraz Xan 2020-yilning 8-fevralidan boshlab “Hindiston iqtisodiyoti” hamda “Hindistonda biznes va tadbirkorlik” fanlaridan dars berishni boshladi.