Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI 2025-yil uchun tayanch doktorantura va stajor-tadqiqotchilikka quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul e’lon qiladi

28.08.2024, 15:46 E'lonlar 985

E’LON

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI

2025-yil uchun tayanch doktorantura va stajor-tadqiqotchilikka quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul e’lon qiladi!

TAYANCH DOKTORANTURA:

(ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)

07.00.03 Jahon tarixi 2 o‘rin
07.00.05 Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi 2 o‘rin
07.00.07 Etnografiya, etnologiya va antropologiya 1 o‘rin
07.00.08 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari 3 o‘rin
08.00.09 Jahon iqtisodiyoti 2 o‘rin
09.00.03 Falsafa tarixi 2 o‘rin
10.00.05 Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti 6 o‘rin
10.00.06 Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik 6 o‘rin
10.00.10 Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik 4 o‘rin
23.00.02 Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar 2 o‘rin
23.00.04 Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari 2 o‘rin
STAJOR-TADQIQOTCHI:
10.00.06 Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik 1 o‘rin

 

Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD)ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  1. Ariza (rozilik xati bilan birgalikda).
  2. Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka – namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda).
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi.
  4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi nusxasi (bakalavr va magistr).
  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
  6. Ish joyidan tavsifnoma
  7. Pasport nusxasi.
  8. Davlat mukofotlari.
  9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)
  10. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat

Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://daraja.ilmiy.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.

Qabul imtihonlari ro‘yxati:

  • Mutaxassislik

 

Hujjatlar 2024-yil 15–sentabrdan 15–oktabrgacha qabul qilinadi. 

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 20-uy.

Ma’lumot uchun telefon: (8-371) 233-45-21