Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida va Erasmus+ hamkorligida konferensiya o’tkazildi
ERASMUS+ dasturi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Oliy ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” an’anaviy yillik konferensiyasi o’tkazildi.
Konferensiya o’tkazilishidan ko’zlangan maqsad
Universitetlarni o‘quv jarayoni va universitet boshqaruviga innovatsion uslub va texnologiyalarni yanada samaraliroq joriy etish yo‘lida faollashtirish. O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari reytingini yaxshilash muammolari va istiqbollarini muhokama qilish va hal etish. Oliy ta’limni rivojlantirish masalalari bo’yicha samarali tajriba almashishga ko’maklashish, xususan, Boloniya jarayonini rivojlantirishga e’tibor qaratish. Respublikada Erasmus+ dasturining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ilg‘or tajriba va muvaffaqiyatli natijalarni, jumladan, oliy ta’lim salohiyatini oshirish (CBHE), Xalqaro Kredit Mobilligi (ICM) va Jan Monnet Faoliyati (JMA) bo‘yicha loyihalarni tarqatish. O’qituvchilar, talabalar, doktorantlar va tadqiqotchilarni axborot bilan ta’minlash va nashr etish faolligini oshirish etib belgilab olindi.