Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Britaniya Eronshunoslik instituti prezidenti Dr.Charlz Piter Melvill tashrif buyurdi
Uchrashuv davomida ta’lim jarayoni bilan bog‘liq va ilmiy tadqiqotlar doirasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, iqtidorli talabalar va yosh tadqiqotchilarga Britaniya Eronshunoslik institutining turli grant loyihalarda qatnashishlari uchun sharoitlar yaratish, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishlari bo‘yicha akademik almashuvlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Mehmon uchrashuv so’ngida universitetning Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.