Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Koreya-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi direktori Edward Kim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi
2023 yil 11-avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Koreya-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi direktori Edward Kim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Edward Kim janoblari joriy yil sentabr oyida Koreya Respublikasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbek-Koreys oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi doirasida yaqindan hamkorlik uchun tayyor ekanligini bildirdi. Shuningdek, TDSHU Koreya va O‘zbekiston har tomonlama hamkorlik aloqalarining rivojiga beqiyos hissa qo‘shayotganligini alohida e’tirof etdi.
Uchrashuv davomida universitetda ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etish, talabalarning biznesga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Start up” markazini tashkil etish kabi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasi direktori Edvard Kim TDSHU Koreyashunoslik fakulteti talabalari uchun 50 ta koreys milliy kiyimlarini sovg‘a qildi.